Qorong‘i rejim
Jahon

Rostov viloyatidagi tungi hujumdan söng neftni qayta işlaş zavodida yonğin çiqdi

Akmal Eshonxonov6 ko'rishlar
Rostov viloyatidagi tungi hujumdan söng neftni qayta işlaş zavodida yonğin çiqdi

Rostov viloyatida ötgan tunda sodir bölgan havo hujumi ortidan Novoşaxtinsk neft mahsulotlari zavodida yonğin çiqqan. Bu haqda Ukraina monitoring kanallari xabar bermoqda. Hozirça uşbu maʼlumot gubernator tomonidan tasdiqlanmagan.

Viloyat gubernatori Yuriy Slyusarning maʼlum qilişiça, hududga keng kölamli havo hujumi uyuştirilgan. Uning sözlariga köra, Kamensk-Şaxtinskiy şahri va viloyatning sakkizta tumanida 80 dan ortiq dron yöq qilingan yoki zararsizlantirilgan. Krasnosulinskiy tumanida urib tuşirilgan dron bölaklari yonğinga sabab bölgan.

Ukraina monitoring kanallarining daʼvo qilişiça, yonğin Novoşaxtinsk neft mahsulotlari zavodida yuz bergan. Mazkur korxona sentyabr oyi oxirida Ukraina Qurolli kuçlari zarbasidan keyin faoliyatini töxtatgan edi. Noyabr oyida esa Yevropa Ittifoqi sanksiyalari röyxatiga kiritilgan.

Novoşaxtinsk neft mahsulotlari zavodi Rostov viloyatidagi yagona neftni qayta işlaş korxonasi va Rossiya janubidagi yirik yoqilği yetkazib beruvçilardan biri hisoblanadi.

Bundan taşqari, monitoring kanallari Ukraina Qurolli kuçlari Tataristondagi Kaleykino neft haydaş stansiyasiga ham hujum qilganini bildirgan. Uşbu stansiya Rossiya neft transporti infratuzilmasining muhim böğinlaridan biri hisoblanadi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Rostov viloyatidagi tungi hujumdan söng neftni qayta işlaş zavodida yonğin çiqdi | Effect.uz