Toshkent viloyati prokuraturasining devonxona noziri Oʻrtachirchiq tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli savdo doʻkonida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holati boʻyicha aniqlangan 276 mln soʻmlik jarimani vakolatli tanishlari orqali bartaraf etib berish va unga nisbatan chora koʻrilmasligini taʼminlash evaziga 9 ming AQSH dollari talab qilgan.
Devonxona noziri hozirda Namangan shahridagi nufuzli oliygohda oʻqiyotganligi bois, talab etilgan pulni shu joyga olib kelib berishni soʻragan.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda u 9 ming dollarni Namangan viloyatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan ushbu shaxs va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, devonxona noziriga nisbatan «qamoq« ehtiyot chorasi qoʻllanildi.
Prokuratura xodimi pora bilan qoʻlga tushdi
Administrator4-mart, 2026, 03:18120 ko'rishlar

Ulashish:
O'xshash yangiliklar

Jamiyat
Qo‘shni davlatdan kelgan narkosavdogarlar ushlandi
20 soat oldin48

Jamiyat
Daxlsizlik huquqini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi
21 soat oldin51

Jamiyat
O‘zbekistonda erta nikoh va FHDYOdan o‘tmasdan diniy nikoh marosimini o‘tkazganlik uchun jarimalar oshirildi
21 soat oldin76

Jamiyat
Prezident siyosatiga qarshimisiz? Urganchda “Yashil makon”ga berilgan yerda issiqxona qad rostladi. Hokim bundan hech kim zarar koʻrmasligini aytyapti
14-oktabr, 2026, 20:0768