13-noyabr kuni kutilayotgan yomğirlar sababli Özbekistonning bir qator toğ oldi va toğli hududlarida sel-suv toşqinlari yuzaga kelişi mumkin. Bu haqda Özgidromet tezkor ogohlantiriş berdi.
Maʼlum qilinişiça, sel keliş xavfi Qaşqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Toşkent, Namangan, Farğona va Andijon viloyatlarining qator tumanlarida mavjud.
Jumladan:
Qaşqadaryo viloyati: Yakkaboğ, Dehqonobod, Çiroqçi, Kitob, Şahrisabz, Qamaşi va Ğuzor tumanlari;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Şerobod, Şörçi, Qumqörğon va Muzrabot tumanlari;
Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulunğur, Nurobod, Qöşrabot, Kattaqörğon, Payariq, Jomboy va Iştixon tumanlari;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Ğallaorol, Şarof Raşidov, Foriş va Yangiobod tumanlari;
Toşkent viloyati: Ohangaron, Böstonliq, Parkent, Piskent, Örtaçirçiq va Yuqoriçirçiq tumanlari, şuningdek, Angren va Olmaliq şaharlari;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Çortoq, Çust, Namangan va Yangiqörğon tumanlari;
Farğona viloyati: Söx, Şohimardon, Farğona va Beşariq tumanlari;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qörğontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xöjaobod va Marhamat tumanlari, şuningdek, Xonobod şahri.
Şu munosabat bilan toğ oldi va toğli hududlarda yaşovçi fuqarolar, dam oluvçilar hamda uşbu hududlar orqali harakatlanuvçi haydovçilardan ehtiyot çoralarini köriş söralgan.
Şuningdek, respublika hududlarida yomğir suvlari töplanişi va buning oqibatida ayrim joylarni suv bosişi ehtimoli ham mavjud.




