⚠️ DIQQAT: Sayt test rejimida ishlamoqda!⚠️ DIQQAT: Sayt test rejimida ishlamoqda!
Jamiyat

Oʻzbekistonda 23 ta dorixona litsenziyadan mahrum qilindi. Eng koʻpi Samarqandda

Administrator13-aprel, 2026, 20:4815 ko'rishlar
Oʻzbekistonda 23 ta dorixona litsenziyadan mahrum qilindi. Eng koʻpi Samarqandda

2026-yilning birinchi choragida Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va Farminspektsiya boshqarmasi tomonidan 23 ta dorixonaning litsenziyasi bekor qilindi.

Tekshiruvlar davomida ushbu subyektlar tomonidan dori vositalarini muvofiqlik sertifikatisiz saqlash va sotish, ro‘yxatdan o‘tkazilmagan hamda qalbakilashtirilgan mahsulotlarni realizatsiya qilish holatlari aniqlangan.

Qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan dorixonalar Andijon, Buxoro, Qoraqalpog‘iston, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Xorazm hududlarida faoliyat yuritgan. Ularning o‘zi hamda xodimlari maxsus reyestrga kiritilgan.

🔴 Andijon viloyati:

 ➡️ "INOMJON XOJI FARM" MChJ

 ➡️ "AS-MO" MChJ

🟢 Buxoro viloyati:

➡️ "BUXORO BASFARM" MChJ

🔴Qoraqalpog‘iston Respublikasi:

 🔘 "GERAN FARM" XK

🟡Samarqand viloyati:

➡️ "FARMATSEVT ALIMJANOVNA" MChJ

➡️ "AFROSIYOB GAVHARI" MChJ

➡️ "XAYRULLOYEVA SABINA FARM" MChJ

➡️ "XTXS-MALXAM" ChD

➡️ "AZIZBEK NURBEK FARM" MChJ

➡️ "LEKOTEKA PHARM" MChJ

➡️ "BAXTIYOR XUSUSIY DORIXONA" XK

➡️ "SHAXNOZA - L" MChJ

➡️ "SAM OZODA PARIZODA FARM" MChJ

🔵 Surxondaryo viloyati:

➡️ "YUKSAK FARM" MChJ

🔴Toshkent shahri:

➡️ "MARVA-PHARM" MChJ

➡️ "ADOLAT YULDUZ FARM" MChJ

➡️ "GIPOFIZ FARM" MChJ

➡️ "THE GREAT FARM" MChJ

➡️ "PHARMA BREND" MChJ

➡️ "MAXSUDBEK BIZNES" XK

➡️ "MEXR-SHIFO MED FARM" MChJ

🟢Xorazm viloyati:

 🍩 "GULNURA GULNIHOL PHARM" MChJ

 🍩 "URGANCH UMARBEK FARM" MChJ

Mas’ul organlarga ko‘ra, bunday qonunbuzarliklar uchun tadbirkorlik subyektlariga nisbatan qat’iy choralar ko‘riladi. Xususan, sertifikatsiz, sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini saqlash va sotish qonunchilikka zid hisoblanadi.

Farminspektsiya ushbu yo‘nalishdagi nazorat ishlari davom etishini va qoidabuzar subyektlar ro‘yxati muntazam ravishda ochiqlab borilishini ma’lum qildi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Oʻzbekistonda 23 ta dorixona litsenziyadan mahrum qilindi. Eng koʻpi Samarqandda | Effect.uz