Qorong‘i rejim
Jamiyat

Farzandini 35 ming dollarga sotmoqçi bölgan ota-ona uzoq muddatga qamaldi

Akmal Eshonxonov22 ko'rishlar
Farzandini 35 ming dollarga sotmoqçi bölgan ota-ona uzoq muddatga qamaldi

Öz farzandini pul evaziga sotişga uringan ota-onaga nisbatan sud hukmi çiqarildi. Ular 2024-yilda tuğilgan kiçik farzandini 35 ming AQŞ dollariga sotişga kelişgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan qölga olingan.

Maʼlum qilinişiça, A.Q. va uning turmuş örtoği V.Q. özaro til biriktirib, öz farzandini moddiy manfaat evaziga sotişga qaror qilgan. Ular bolaning voyaga yetmaganini bila turib, uni maxsus xaridorga 35 ming AQŞ dollariga sotişni rejalaştirgan.

Huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir davomida er-xotin kelişilgan savdoni amalga oşirayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Jinoyat işlari böyiça Söx tuman sudida körib çiqilgan iş yakunida A.Q. va V.Q. odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda aybli deb topilgan.

Sud hukmi bilan ularning har biriga uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Biroq taqdim etilgan maʼlumotda sudlanuvçilarga tayinlangan qamoq jazosining aniq muddati körsatilmagan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Farzandini 35 ming dollarga sotmoqçi bölgan ota-ona uzoq muddatga qamaldi | Effect.uz