Qorong‘i rejim
Jamiyat

Buxoro markaziy bozori yopildi

Akmal Eshonxonov36 ko'rishlar
Buxoro markaziy bozori yopildi

Buxoro markaziy dehqon bozorida yonğin xavfsizligi talablari qöpol ravişda buzilgani aniqlandi. Favqulodda vaziyatlar yuzaga keliş xavfi yuqori deb baholangani sababli bozor faoliyati vaqtinça töxtatildi.

Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Vazirlik maʼlumotiga köra, bozorda ötkazilgan örganişlar davomida yonğin xavfsizligi talablariga zid holatlar aniqlangan. Kamçiliklar favqulodda vaziyatlar yuzaga kelişi xavfini oşirişi mumkinligi sababli bozor faoliyatini vaqtinça töxtatiş çorasi körilgan.

Aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça bozor masʼullariga qatʼiy topşiriqlar berilgan. Bozor rahbariyati barça qoidabuzarliklarni töliq bartaraf etgandan keyingina uning faoliyati qayta tiklanadi.

Hozirça bozorning qaysi sanada qayta oçilişi maʼlum qilinmagan. Şuningdek, vazirlik xabarida aniqlangan qoidabuzarliklarning mazmuni va soni böyiça batafsil maʼlumot keltirilmagan.

Qayd etiş joiz, avvalroq Toşkent şahridagi bozor va savdo komplekslarining moliyaviy holatini örganiş, mol-mulkini xatlovdan ötkaziş hamda natijalar asosida ularning aktivlarini ommaviy savdoga çiqariş böyiça takliflar tayyorlaş rejalaştirilayotgani xabar qilingan edi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Buxoro markaziy bozori yopildi | Effect.uz