Jamiyat

9 oyda 2,2 million aholi: Ijtimoiy himoya agentligi qanday natijalarga erişmoqda?

Akmal Eshonxonov21 ko'rishlar
9 oyda 2,2 million aholi: Ijtimoiy himoya agentligi qanday natijalarga erişmoqda?

Ijtimoiy himoya milliy agentligi 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida amalga oşirilgan işlar yuzasidan hisobot berdi. Brifingda ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar, nogironligi bölgan şaxslarni qöllab-quvvatlaş, bolalarni himoya qiliş, zöravonlikdan jabrlanganlarga yordam körsatiş va ijtimoiy suğurta tizimidagi özgarişlar haqida maʼlumot berildi.

Agentlik maʼlumotlariga köra, bugungi kunda mamlakatning 208 ta tuman va şahrida faoliyat yuritayotgan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda mahallalardagi ijtimoiy xodimlar orqali aholiga 140 turdagi ijtimoiy xizmat va yordam körsatilmoqda.

Ijtimoiy reyestrga 530 ming oila kiritilgan

Yil boşidan «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» va «Kambağal oilalar reyestri» birlaştirilib, yagona «Ijtimoiy reyestr» tizimi joriy etildi. Unda oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati 85 ta mezon asosida baholanmoqda.

1-oktyabr holatiga köra, reyestrga 530 ming oila, yaʼni 2,2 million nafar aholi kiritilgan. Agentlik maʼlumotida qayd etilişiça, körsatilgan xizmatlar va qöllab-quvvatlaş çoralari natijasida 26,5 ming oila daromadi 1,5 baravarga oşgan.

Hisobot davrida qariyb 426 mingta bolalar nafaqasi va 563 mingta elektr energiyasi hamda tabiiy gaz kompensatsiyasi tölab berilgan. Şuningdek, 16,3 ming oilaga 318,2 milliard sömlik foizsiz kredit ajratilgan, 3 ming nafar yoşning taʼlim kontrakti tölab berilgan.

Nogironligi bölgan 83 ming nafar şaxsning bandligi taʼminlangan

Agentlik maʼlumotiga köra, respublikada 1,1 million nafar nogironligi bölgan şaxs hisobda turadi.

Hisobot davrida nogironlikni belgilaşning yagona standarti joriy etilgan. Endi barça kasalliklar uçun bir xil 120 kunlik davolaniş muddati talab qilinmaydi. Kasallik xususiyatidan kelib çiqib, 30, 60, 90 yoki 120 kunlik muddat belgilanadi.

Şuningdek, 21 ta qöşimça kasallik böyiça nogironlik belgilaş, 30 ta kasallik böyiça esa uni muddatsiz belgilaş tartibi joriy qilingan. Yangi standart asosida 267,3 ming nafar şaxsga nogironlik belgilangan.

Bundan taşqari, 77,3 ming nafar şaxs protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan taʼminlangan. 83 ming nafar nogironligi bölgan şaxsning bandligi taʼminlangan.

Nogironligi bölgan bolalar uçun ham yangi xizmatlar yölga qöyilgan. 3 yoşgaça bölgan bolalarga «Erta aralaşuv», 3 yoşdan 18 yoşgaça bölganlarga esa «Kunduzgi parvariş» xizmati körsatilmoqda. Bu xizmatlar orqali 6,7 ming nafar bola qamrab olingan, yana 1,7 ming nafar bolaga vauçer şakllantirilgan.

Inklyuziv taʼlim: 11,7 ming nafar bola qamrab olingan

Joriy yilda 1 486 ta maktabda inklyuziv taʼlim va 3 950 ta inklyuziv sinf taşkil etilgan. Ularda 5,8 ming nafar bola tahsil olmoqda.

Agentlik keltirgan maʼlumotlarga köra, respublika böyiça inklyuziv taʼlim taşkil etilgan maktablar soni 3 774 taga, inklyuziv sinflar 8 324 taga yetgan. Inklyuziv taʼlim bilan qamrab olingan öquvçilar soni esa 11,7 ming nafarni taşkil etmoqda.

Şuningdek, uyda taʼlim olayotgan 17,1 ming nafar öquvçidan 2,2 ming nafari ommaviy sinflarga qaytarilgan.

Parvarişga muhtoj şaxslarga 227,2 milliard sömlik xizmat körsatilgan

«Faol hayotga qadam» dasturi doirasida özgalar parvarişiga muhtoj 55,4 ming nafar katta yoşli şaxsga 227,2 milliard sömlik vauçerlar asosida beş turdagi ijtimoiy xizmat körsatilgan.

Ular orasida uyda ijtimoiy-maişiy yordam, uyda qarab turiş, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya, kunduzgi qarab turiş va şaxsiy yordamçi xizmatlari bor. Natijada 28,6 ming nafar şaxsning holati yaxşilanib, ular reyestrdan çiqarilgan.

«Yolğiz şaxslar reyestri»ga kiritilgan 23,8 ming nafar yolğiz keksa va nogironligi bölgan şaxsga esa 152 mingga yaqin tibbiy, ijtimoiy, psixologik va huquqiy xizmat körsatilgan.

Zöravonlikdan jabrlangan 7,2 ming nafar ayol va 4,5 ming nafar bola boşpanalarga joylaştirilgan

Hisobot davrida tazyiq va zöravonlik holatlari böyiça murojaat qilgan 74,3 ming nafar xotin-qizga qariyb 110 mingta ijtimoiy xizmat körsatilgan. Şuningdek, 7,2 ming nafar ayol va ularning 4,5 ming nafar farzandi xavfsiz boşpanalarga joylaştirilgan.

Bolalarni zöravonlikdan himoya qiliş yönalişida integratsiya markazi, krizis markazlari, professional tutingan oila va «Mehrli oila» xizmatlari yölga qöyilgan.

Yangi mexanizmga muvofiq, xavf ostidagi bolaning holati bir kun içida örganilib, uni himoya qiliş çoralari köriladi. 14 kun içida esa bolaning holati kompleks baholanadi.

Agentlik maʼlumotiga köra, hisobot davrida zöravonlikdan jabrlangan 6,9 ming nafar bola aniqlangan. Ularga qariyb 10 mingta ijtimoiy, psixologik, huquqiy va tibbiy xizmat körsatilgan.

Respublika böyiça 23 ta krizis markazi taşkil etilgan. Uşbu markazlarga joylaştirilgan 280 nafar boladan 171 nafari körsatilgan yordam natijasida öz oilasiga qaytarilgan. «Mehrli oila» xizmati doirasida esa ota-ona va bola örtasidagi munosabatlarni yaxşilaşga qaratilgan 4,9 mingta ijtimoiy-psixologik yordam körsatilgan.

Yetim bolalar uçun 609 ta uy-joy xarid qilingan

1-oktyabr holatiga ijtimoiy himoyaga muhtoj 84,8 ming nafar bola hisobga olingan.

Hisobot davrida 192,2 milliard söm mablağ hisobidan yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar uçun 609 ta uy-joy xarid qilingan. Şuningdek, 527 nafar bola oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli tartibda qabul qilingan.

«Yoşlarga hamrohlik» dasturi doirasida 7,4 ming nafar yoşga 14,4 milliard sömlik ijtimoiy yordam körsatilgan.

Ijtimoiy suğurta: 1,3 trillion söm nafaqa tölangan

Joriy yildan homiladorlik va tuğiş, şuningdek, vaqtinçalik mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini fuqarolarning alohida murojaatisiz avtomatik tayinlaş va tölaş tizimi joriy etilgan.

Hisobot davrida 111,8 ming nafar ayolga homiladorlik va tuğiş nafaqasi uçun 1,3 trillion söm tölab berilgan. 1-iyuldan vaqtinçalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasini tayinlaşning yangi tartibi amalga kiritilgan.

Bu yönalişda 123,5 mingta holat böyiça qariyb 160 milliard söm nafaqa tölangan.

Agentlikning taʼkidlaşiça, ijtimoiy himoya tizimidagi islohotlar nafaqat moddiy yordam beriş, balki fuqarolarning mustaqil hayot keçirişi, bandligini taʼminlaş va zarur ijtimoiy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

9 oyda 2,2 million aholi: Ijtimoiy himoya agentligi qanday natijalarga erişmoqda? | Effect.uz