Jamiyat

“Toşkent metropoliteni”dagi farroş xodimlarning oyligi berilmayaptimi?

Akmal Eshonxonov74 ko'rishlar
“Toşkent metropoliteni”dagi farroş xodimlarning oyligi berilmayaptimi?

Uşbu savolga “Toşkent metropoliteni” AJ rasmiy munosabat bildirdi.

"Ijtimoiy tarmoqlarda “Toşkent metropoliteni” AJda faoliyat yuritayotgan farroş xodimlarning oylik iş haqlari öz vaqtida tölab berilmayotgani yoki umuman berilmayotgani haqida haqiqatga mos kelmaydigan xabarlar tarqatilmoqda.

Mazkur asossiz daʼvolar yuzasidan “Toşkent metropoliteni” AJ quyidagilarni rasman maʼlum qiladi.

Avvalo, jamiyatda mehnat qilayotgan xodimlarning, xususan, farroşlarning mehnati munosib qadrlanadi. Ularning iş haqlarini öz vaqtida va töliq tölab beriş jamiyat maʼmuriyatining doimiy eʼtiborida bölgan ustuvor masalalardan biridir.

Keltirilgan daʼvolardan farqli ravişda, metropoliten xodimlarining iş haqi miqdori sönggi yillarda sezilarli darajada oşirilgan.

Xususan, 2021-yilda “Toşkent metropoliteni” AJ xodimlarining örtaça oylik iş haqi 2,8 million sömni taşkil etgan bölsa, bugungi kunda uşbu körsatkiç 8,4 million sömga yetgan. Şuningdek, 2026-yil davomida xodimlarning örtaça oylik iş haqi yana 20 foizga oşirilgan.

Bevosita farroş xodimlarga töxtaladigan bölsak, 2021-yilda ularning örtaça oylik iş haqi 1 million söm atrofida bölgan. Hozirgi kunda esa mehnat staji va tegişli mehnat şartlariga köra, uşbu toifadagi xodimlarning oylik iş haqi örtaça 6–7 million sömgaça yetgan.

Eng muhimi, jamiyatda xodimlarga hisoblangan iş haqlari har oyning boşida belgilangan tartibda, muntazam va uzluksiz ravişda tölab kelinmoqda. Iş haqlari berilmayotgani yoki uşlab qolinayotgani haqidagi daʼvolar haqiqatga mutlaqo mos kelmaydi.

Şu örinda, ijtimoiy tarmoqlarda tekşirilmagan maʼlumotlarni tarqatiş, asossiz ayblovlar bilan çiqiş hamda taşkilotning işçanlik obrösiga putur yetkazuvçi axborotlarni ommalaştirişga yöl qöyib bölmasligini alohida taʼkidlaymiz.

Har qanday axborotning ommaviy tarqatilişi uning haqqoniyligi uçun masʼuliyatni istisno etmaydi. Amaldagi qonunçilikda yolğon va haqiqatga töğri kelmaydigan maʼlumotlarni tarqatganlik, şuningdek, taşkilotning işçanlik obrösiga putur yetkazuvçi axborotlar yuzasidan tegişli huquqiy javobgarlik çoralari belgilangan. Qonunbuzarlik holatlari aniqlangan taqdirda, aybdor şaxslarga nisbatan qonunçilikda nazarda tutilgan çoralar körilişi muqarrar.

“Toşkent metropoliteni” AJ ijtimoiy tarmoq faollari va mazkur mavzuda çiqiş qilayotgan sahifa maʼmurlarini taxmin va biryoqlama xulosalarga emas, balki aniq faktlarga tayanişga çaqiradi. Agar keltirilayotgan daʼvolar yuzasidan asosli dalillar mavjud bölsa, ularni oçiq muloqot doirasida taqdim etişga tayyormiz.

Asossiz axborot tarqatiş orqali jamoatçilikni çalğitişga va jamiyat obrösiga putur yetkazişga qaratilgan har qanday urinişlarga nisbatan qonuniy çoralar körilad“Toşkent metropoliteni”, - deyiladi rasmiy munosabatda.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

“Toşkent metropoliteni”dagi farroş xodimlarning oyligi berilmayaptimi? | Effect.uz