Özbekiston aholisining örtaça yoşi 29,6 yoşga yetdi. Erkaklarda bu körsatkiç 29,1 yoş, ayollarda esa 30,2 yoşni taşkil qilmoqda. Bu haqda Milliy statistika qömitasi maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, joriy yilning 1-yanvar holatiga oid körsatkiç aholini röyxatga oliş natijalari asosida qayta hisoblangan. Avvalgi hisob-kitoblarda aholining örtaça yoşi 29,5 yoş deb körsatilgan.
Hududlar kesimida eng yuqori örtaça yoş Toşkent şahrida qayd etilgan — 33,6 yoş. Navoiy viloyatida 31 yoş, Qoraqalpoğiston Respublikasida 30,9 yoş, Buxoro viloyatida 30,8 yoşni taşkil etgan.
Qolgan hududlardagi körsatkiçlar quyidagiça:
Toşkent viloyati — 30,1 yoş;
Farğona viloyati — 30 yoş;
Xorazm viloyati — 30 yoş;
Sirdaryo viloyati — 29,6 yoş;
Andijon viloyati — 29,3 yoş;
Namangan viloyati — 28,8 yoş;
Samarqand viloyati — 28,4 yoş;
Jizzax viloyati — 27,9 yoş;
Qaşqadaryo viloyati — 27,8 yoş;
Surxondaryo viloyati — 27,4 yoş.
Maʼlumot uçun, 2010-yilda Özbekiston aholisining örtaça yoşi 27 yoş bölgan. Sönggi 16 yil davomida bu körsatkiç 2,6 yoşga oşgan.




