Qorong‘i rejim
Özbekiston

Özbekistonda 37 ta taşkilot har yili bittadan filmni moliyalaştiradi

Akmal Eshonxonov4 ko'rishlar
Özbekistonda 37 ta taşkilot har yili bittadan filmni moliyalaştiradi

2027-yildan boşlab 37 ta vazirlik, qömita va davlat korxonasi har yili bittadan film işlab çiqariş uçun mablağ ajratadi. Kinematografiya sohasida davlat buyurtmasi tartibi bekor qilinib, loyihalar pitçing asosida moliyalaştiriladi.

Prezident 21-noyabr kuni kinematografiya sohasiga zamonaviy boşqaruv usullarini joriy etiş va «Özbekfilm» milliy kino brendini yaratişni qöllab-quvvatlaşga oid farmonni imzoladi.

Hujjatga muvofiq, Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi, uning tizimidagi qator taşkilotlar, jumladan, Milliy kinematografiyani rivojlantiriş jamğarmasi, «Özbekfilm» milliy kino konserni, Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi, «Qoraqalpoqkino» agentligi, «Şarq yulduzi kino», «Dörmon» kinoijodkorlar uyi, «Yoşlik» kinostudiyasi hamda 13 ta hududiy bölim tugatiladi.

Ularning örniga Madaniyat vazirligi muassisligida masʼuliyati çeklangan jamiyat şaklida «Özbekfilm» milliy kinokompaniyasi taşkil etiladi. Xronikal filmlar işlab çiqariş esa Özbekiston milliy teleradiokompaniyasiga ötkaziladi.

Yangi tartibga köra, sohada davlat buyurtmasi bekor qilinib, kinoloyihalar pitçing asosida, xususiy sektorning 100 foiz iştiroki bilan davlat byudjeti subsidiyalari hisobidan moliyalaştiriladi.

2027-yildan boşlab 37 ta taşkilot har yili mart oyida öz mablağlari hisobidan bittadan film işlab çiqariş uçun milliy kinokompaniyaga pul ajratadi. Ular orasida Boş prokuratura, 12 ta vazirlik, 5 ta qömita, şuningdek, qator davlat korxonalari bor.

Mablağ ajratadigan taşkilotlar qatoriga Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari, «Özbekneftgaz», «Öztransgaz», «Özbekgidroenergo», «Navoiyuran», «Özbektelekom», «Hududgaztaʼminot», «Uzbekistan Airways» va «Özbekiston temir yöllari» kiradi. Banklardan esa «Özmilliybank», «Özsanoatqurilişbank» va «Agrobank» filmlarni moliyalaştirişda iştirok etadi.

Bundan taşqari, kelgusi yildan Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri mahalliy byudjetlari hisobidan har uç yilda bittadan kinoloyihaga mablağ ajratiladi. Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi esa har yili 10 ta kinoloyihani moliyalaştiradi. Uşbu filmlardan foydalaniş böyiça mutlaq va mulkiy huquqlar «Özbekfilm» milliy kinokompaniyasiga tegişli böladi.

Farmonda kino merosini saqlaş va raqamlaştiriş masalalari ham belgilangan. 2027-yil mart oyiga qadar 1924-yildan buyon davlat mablağlari va kinostudiyalari tomonidan yaratilgan barça filmlar töliq xatlovdan ötkaziladi.

2028-yil 1-yanvardan davlat mablağlari hisobidan suratga olingan filmlar hamda davlat arxivlaridagi kino merosi obyektlari raqamli formatda bepul ravişda «Özbekfilm»ning onlayn kino platformasiga taqdim etib boriladi. Xususiy studiyalar filmlari esa platformaga şartnoma asosida joylaştiriladi.

Şuningdek, tugatilayotgan agentlik va uning tizim taşkilotlariga tegişli 12 ta davlat mulki obyekti ommaviy savdoga çiqariladi. Ularni sotişdan tuşgan mablağlar milliy kinokompaniyaga yönaltiriladi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Özbekistonda 37 ta taşkilot har yili bittadan filmni moliyalaştiradi | Effect.uz