Qorong‘i rejim
Özbekiston

Taşkent Cityʼda daydi hayvonlarni boqiş taqiqlanişi, uy hayvonlari egalariga esa yangi talablar joriy etilişi mumkin

Akmal Eshonxonov11 ko'rishlar
Taşkent Cityʼda daydi hayvonlarni boqiş taqiqlanişi, uy hayvonlari egalariga esa yangi talablar joriy etilişi mumkin

Taşkent City hududida uy hayvonlarini saqlaş va sayr qildiriş qoidalarini kuçaytiriş taklif etilmoqda. Quriliş vazirligi tomonidan işlab çiqilgan yangi qoidalar loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan.

Loyihaga köra, hududda yaşovçi yoki uy hayvoni saqlovçi fuqarolar hayvonlarini har yili röyxatdan ötkazişi kerak böladi. Şuningdek, it va boşqa uy hayvonlarini sayr qildirişda boğiçdan foydalaniş majburiy bölişi mumkin. Tajovuzkor turlarga mansub hayvonlarga esa boğiç bilan birga tumşuqboğ taqiş talabi kiritilişi taklif etilmoqda.

Qoidalar loyihasida nazoratsiz qoldirilgan yoki boğiçsiz sayr qildirilayotgan hayvonlarga nisbatan ham çoralar belgilangan. Hatto hayvonning böyinboği va maxsus nişoni bölgan taqdirda ham, u egasiz yoki boğiçsiz yurgan bölsa, maxsus xizmat tomonidan tutilişi mumkin.

Bunday hayvonlar maxsus joyda beş kun davomida saqlanişi nazarda tutilgan. Uni egasiga qaytariş uçun hayvonning veterinariya pasporti taqdim etilişi va saqlaş bilan boğliq xarajatlar qoplanişi talab etiladi.

Şuningdek, Taşkent City hududidagi umumiy foydalaniş joylarida qarovsiz hayvonlarni oziqlantirişni taqiqlaş taklif qilinmoqda.

Mazkur talablar hozirça yakuniy qaror emas, balki jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan loyiha hisoblanadi. Muhokama jarayoni 10-dekabrga qadar davom etadi.

Agar takliflar maʼqullanib, qoidalar tasdiqlansa, Taşkent City hududida uy hayvonlarini saqlaş, sayr qildiriş va qarovsiz hayvonlarga munosabat böyiça yangi tartiblar joriy etilişi mumkin.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Taşkent Cityʼda daydi hayvonlarni boqiş taqiqlanişi, uy hayvonlari egalariga esa yangi talablar joriy etilişi mumkin | Effect.uz