Taʼlim va ilm-fan vazirligi bir yillik maktabga tayyorlov kurslarini taşkil etiş tartibi böyiça köplab savollarga javob berdi. Unga köra, maşğulotlar boğçalar va maktablarning böş sinfxonalarida, olis hududlarda esa belgilangan talablar asosida boşqa ijtimoiy soha obyektlarida ham taşkil etilişi mumkin.
Vazirlik maʼlumotiga köra, tayyorlov guruhlari quyidagi tartibda faoliyat yuritadi:
Maşğulotlar ötkaziladigan joy: guruhlar boğçalar va maktablarning böş sinfxonalarida taşkil etiladi. Olis hududlarda boğça va maktab bölmasa, «Kelajak» markazi, texnikum yoki boşqa ijtimoiy soha obyektlarida ham qatʼiy talablar asosida guruhlar oçilişi mumkin.
Boğçaga qatnaydigan bolalar: tayyorlov maşğulotlarini özlari qatnaydigan boğçada ötaydi.
Maşğulotlarni kim olib boradi: oliy maʼlumotli pedagog-tarbiyaçi yoki oliygohning maktabgaça taʼlim yönalişida bitiruvçi kursda öqiyotgan talabasi.
Maktablardagi guruhlar: maktab binosida oçilgan tayyorlov guruhi uçun alohida pedagog işga olinadi. Maktabda işlayotgan öqituvçilar öz darslarini qoldirib, tayyorlov guruhlariga jalb etilmaydi. Koeffitsiyenti yuqori maktablarda esa bunday guruhlar taşkil etilmaydi.
Taʼlim tölovi: davlat maktablari va boğçalarida tayyorlov maşğulotlari bepul böladi. Xususiy taʼlim taşkilotini tanlaş ota-onalar ixtiyorida.
Öquv dasturi: barça tayyorlov guruhlarida yagona dastur asosida taʼlim beriladi. Öyin metodikasi orqali bolalarga dastlabki tuşunçalar singdirilib, öqiş va yoziş könikmalari şakllantiriladi.
Vazirlik maʼlumotiga köra, hozirda 6 yoşli bolalarning 98 foizi maktabga tayyorlov bilan qamrab olingan. Yetti yil avval bu körsatkiç 37 foizni taşkil etgan.
Qamrovni 100 foizga yetkaziş uçun taxminan 800 ta guruh va 20 mingga yaqin qöşimça örin yaratiş talab etiladi. Buning uçun zarur xarajatlar 2027-yilgi davlat byudjetiga kiritilişi rejalaştirilgan.
Şu bilan birga, vazirlik endi asosiy eʼtiborni taʼlim sifati va pedagoglar malakasini oşirişga qaratişini bildirgan.
Taʼlim dasturlari bosqiçma-bosqiç xalqaro talablarga moslaştirib boriladi. Dastur xalqaro akkreditatsiyadan (ISCED-1 darajasi) ötganidan söng Foundation bosqiçida öqişga ehtiyoj qolmasligi maʼlum qilingan.




