Qorong‘i rejim
Jamiyat

Qamoqxonadagi maxfiy öyin foş böldi

Akmal Eshonxonov41 ko'rishlar
Qamoqxonadagi maxfiy öyin foş böldi

Toşkentda jazoni ijro etiş koloniyasi boşliği örinbosari mahkumga aloqa vositalaridan foydalaniş uçun şaroit yaratib bergani va giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosiga aloqadorlikda aybdor deb topildi. Sud unga 11 yillik qamoq jazosini tayinladi.

Sud hujjatlariga köra, K.K. 2024-yil noyabr oyida koloniya boşliğining tezkor-qidiruv işlari böyiça örinbosari lavozimiga tayinlangan. Uning vazifalariga mahkumlarning saqlaş tartibiga rioya etişini nazorat qiliş, huquqbuzarliklarni aniqlaş va ularning oldini oliş kirgan.

Biroq sud aniqlaşiça, mansabdor mahkumlardan biriga alohida şaroit yaratib, aloqa vositalaridan foydalaniş imkonini bergan. Uni mehnatga jalb qiliş böyiça hujjatlar rasman rasmiylaştirilgan bölsa-da, amalda mahkum mehnat vazifalarini bajarmagan.

Yaratilgan şaroitdan foydalangan mahkum koloniya taşqarisidagi şeriklari bilan giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosini taşkil etgan.

Sud jarayonida K.K. öz aybini tan olmagan. U mahkumning jinoiy faoliyatidan xabardor bölmaganini, uni reabilitatsiya markaziga joylaştiriş esa öz vakolatiga kirmasligini bildirgan.

Jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudi K.K.ni Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi «b» bandi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qiliş) hamda 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalarining ötkaziş maqsadida qonunga xilof muomalasi) böyiça aybdor deb topgan.

Şu bilan birga, u Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi «v» bandi (pora oliş) böyiça oqlangan.

Sud hukmi bilan K.K. 11 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Şuningdek, u uç yil muddatga Içki işlar vazirligi tizimida işlaş huquqidan mahrum etilgan. Jazoni umumiy tartibli koloniyada ötaşi belgilangan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Qamoqxonadagi maxfiy öyin foş böldi | Effect.uz