Qorong‘i rejim
Jamiyat

Umra ziyoratini noqonuniy taşkil qilgan ikki firma rahbari uşlandi

Akmal Eshonxonov18 ko'rishlar
Umra ziyoratini noqonuniy taşkil qilgan ikki firma rahbari uşlandi

Toşkent viloyatining Bekobod şahri va Samarqand şahrida fuqarolarni tegişli ruxsat va litsenziyasiz Umra ziyoratiga yuborişni taşkil qilgan ikki sayyohlik firmasi rahbari qölga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, birinçi holat Bekobod şahrida aniqlangan. U yerda faoliyat yurituvçi sayyohlik firmasi rahbari tegişli ruxsatga ega bölmasdan, uç nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga Umra ziyoratiga yuborişni vaʼda qilgan. U buning evaziga 3 450 dollar olgan vaqtida DXX va viloyat IIB xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Ikkinçi holat Samarqand şahrida qayd etilgan. Tegişli litsenziyaga ega bölmagan sayyohlik firmasi rahbari tört nafar fuqaroni Umra ziyoratiga yuborişni vaʼda qilib, ulardan 6 ming dollar olgan vaqtida qölga olingan.

Birinçi holat böyiça firma rahbariga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Ikkinçi holat yuzasidan esa tergovga qadar tekşiruv işlari boşlangan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Umra ziyoratini noqonuniy taşkil qilgan ikki firma rahbari uşlandi | Effect.uz