Qirğizistonda energetik içimliklar işlab çiqariş va mamlakatga olib kirişni taqiqlaş masalasi körib çiqilmoqda. Prezident Sadir Japarov hukumatga uşbu taklifni bir oy içida örganiş va tegişli çoralarni belgilaşni topşirdi.
Davlat rahbarining taʼkidlaşiça, energetik içimliklarni haddan taşqari isteʼmol qiliş inson salomatligiga salbiy taʼsir körsatişi, qaramlikni keltirib çiqarişi hamda yurak-qon tomir, qandli diabet va buyrak kasalliklari xavfini oşirişi mumkin. Bu esa davlatning soğliqni saqlaş sohasidagi xarajatlarini köpaytirmoqda.
Japarov keltirgan maʼlumotlarga köra, 2025-yilda Qirğizistonda energetik içimliklar isteʼmoli 54,2 million litrni, yaʼni qariyb 129 million bankani taşkil etgan. 2026-yilning birinçi yarmida esa isteʼmol 36 million litrdan oşgan.
Ötgan yili mamlakatda 25,3 million litr energetik içimlik işlab çiqarilgan. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlaridan 28,4 million litr, boşqa mamlakatlardan esa 1,2 million litr mahsulot import qilingan.
Prezidentning dastlabki hisob-kitoblariga köra, energetik içimliklar işlab çiqariş va import qiliş taqiqlansa, davlat byudjeti qariyb 1,5 milliard som soliq tuşumidan mahrum bölişi mumkin.
«Biroq millat, fuqarolar va kelajak avlodlar salomatligini heç qanday pul bilan ölçab bölmaydi!» — dedi Sadir Japarov.
Topşiriqqa muvofiq, Qirğiziston Vazirlar Mahkamasi bir oy içida energetik içimliklar işlab çiqariş va import qilişni taqiqlaş masalasini körib çiqişi, olti oy içida esa qonunçilik doirasida tegişli tartibga soluvçi çoralarni qabul qilişi kerak.
Hozirça energetik içimliklarga taqiq joriy etilgani yöq. Masala hukumat tomonidan körib çiqilişi kutilmoqda.




