Özbekistonda yangi tarixda ilk bor 5 million tonnadan ziyod paxta hosili yetiştirildi. Prezident Şavkat Mirziyoyev dehqon va fermerlar, klaster xodimlari hamda dala mehnatkaşlarini rekord natija bilan tabrikladi.
Davlat rahbarining taʼkidlaşiça, bu natija paxtaçilik sohasida amalga oşirilgan islohotlar, zamonaviy agrotexnologiyalar, suv tejovçi texnologiyalar va mexanizatsiyalaştiriş jarayonlari samarasi hisoblanadi.
Prezident maʼlumotlariga köra, sönggi yillarda paxtaçilikda örtaça hosildorlik 21 sentnerdan 56 sentnerga yetgan. Bu körsatkiç 2,7 baravar ösişni anglatadi. Şuningdek, 1990-yillarga nisbatan suv sarfi ikki baravar kamaygan.
Joriy yilda qariyb 400 ming gektar maydonda örtaça hosildorlik 70 sentnerga yetgan, salkam 70 ming gektar yerdan esa 100–110 sentnergaça paxta olingan. Qariyb mingta fermer xöjaligi va klaster örtaça 100 sentnerlik va undan yuqori natijaga erişgan.

Ayrim fermer xöjaliklari ham yuqori körsatkiçlarni qayd etgan. Jumladan, Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi Anorboy Eşmatov hamda Surxondaryo viloyati Jarqörğon tumanidagi Uluğbek Söpiyev har gektar yerdan 110 sentnerdan hosil olgan.
Prezident, şuningdek, Qoraqalpoğistonda 400 ming tonnadan ortiq paxta xirmoni bunyod etilganini alohida eʼtirof etdi. Jizzax, Xorazm, Buxoro, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida esa örtaça hosildorlik 60 sentnerdan oşgan.

Hosilni yiğib-terib olişda mexanizatsiyalaştiriş darajasi ham sezilarli oşgan. Davlat rahbari keltirgan maʼlumotlarga köra, bu yil yetiştirilgan paxtaning 85 foizi 3 mingdan ortiq paxta teriş maşinasi yordamida 30–35 kun içida terib olingan. Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida mexanizatsiyalaştiriş darajasi 100 foizga yetgan.
Şu bilan birga, paxta yetiştirişda dronlardan foydalaniş, raqamlaştiriş va noanʼanaviy texnologiyalarni joriy etiş natijasida sarf-xarajatlar ikki baravar kamaygani taʼkidlangan.
Prezidentning aytişiça, joriy yilda fermerlar paxtadan 13–14 trillion söm sof foyda olişi kutilmoqda.
Şavkat Mirziyoyev kelgusi yilda paxta hosildorligini örtaça 65–70 sentnerga yetkaziş maqsad qilinganini maʼlum qildi. Buning uçun serhosil uruğlik navlari, agrodronlar, suv va energiya tejovçi texnologiyalar hamda sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan kengroq foydalaniş rejalaştirilgan.
Davlat rahbari öz tabrigida paxtaçilikdagi bu natijalarni «Yangi Özbekiston möʼjizasi» deb atadi. Uning taʼkidlaşiça, soha rivojida dehqon va fermerlarning mehnati, zamonaviy texnologiyalar hamda tizimdagi islohotlar muhim örin tutmoqda.




