Siyosat

Qaşqadaryoda 448 nafar bola qatnayotgan avariya holatidagi boğça örnida yangi muassasa quriladi

Akmal Eshonxonov29 ko'rishlar
Qaşqadaryoda 448 nafar bola qatnayotgan avariya holatidagi boğça örnida yangi muassasa quriladi

Saida Mirziyoyeva Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi davomida 43-maktab va 1-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotidagi şaroitlar bilan tanişdi. Taşrif çoğida boğçaning avariya holatida ekani, maktabda esa sinfxonalar sovuqligi va partalar eskirgani qayd etildi.

Joyidagi muloqotda boğça vakili muassasa 1972-yilda qurilganini, bugungi kunda unda 448 nafar bola tarbiyalanayotganini maʼlum qildi.

Uning aytişiça, 2019-yilda hojatxona qurilgan bölsa-da, uning asosiy binodan uzoqda joylaşgani bolalar uçun qiyinçilik tuğdirmoqda. Muassasa şaroitlarini saqlab turiş uçun homiylik mablağlaridan ham foydalanib kelingan.

Muloqot davomida boğça binosini qayta quriş zarurati, 360 örinli yangi muassasa barpo etiş rejasi va infratuzilma masalalari muhokama qilindi.

Boğça vakili betonlaştiriş işlarining özi uçun loyiha böyiça 6 milliard söm mablağ kerakligini, eng muhim muammolardan biri esa suv taʼminoti ekanini taʼkidladi.

Saida Mirziyoyeva maktabdagi şaroitlarni közdan keçirar ekan, özining bolalik xotiralarini ham esladi:

«Mening yoşligim şunday maktabda ötgan, rostdan. Oynalarga qaraganimizda şunday manzara böladi. Xursandman sizlarni körib, yoşlar!»

Saida Mirziyoyevaning maʼlum qilişiça, eski boğça örnida 360 örinli zamonaviy boğça quriladi. Şuningdek, 43-maktab binosi taʼmirlanib, zamonaviy laboratoriyalar, til va ijod tögaraklari taşkil etiladi. Alohida taʼlim ehtiyojlari bölgan bolalar uçun ham qulay şaroit yaratiladi.

Taşrif davomida Qaşqadaryo ilğor kasbiy mahorat texnikumida tahsil olayotgan yoşlar bilan ham uçraşuv ötkazilgan. Saida Mirziyoyeva yoşlarning iştiyoqi va kelajakka işonçini yuqori baholab, farzandlar boğçaga ilk qadam qöyganidan mustaqil hayotga kirguniga qadar munosib taʼlim-tarbiya muhitida bölişi kerakligini taʼkidlagan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Qaşqadaryoda 448 nafar bola qatnayotgan avariya holatidagi boğça örnida yangi muassasa quriladi | Effect.uz