Jamiyat

Imarat Development mojarosi: 120 million dollarlik mol-mulk xatlovga olingani aytildi

Akmal Eshonxonov37 ko'rishlar

«Imarat Development» kompaniyasi bilan boğliq mojaro yuzasidan xaridorlar va masʼullar iştirokida uçraşuv ötkazildi. Bu haqda Rasul Kuşerbayev öz çiqişida maʼlum qildi.

Uning aytişiça, uçraşuvda Toşkent şahar prokurori va şahar içki işlar boşliği iştirok etgan. Kompaniyaning asosiy taʼsisçilari Marat va Jasur Azizovga nisbatan tergov harakatlari davom etayotgani va ularga nisbatan ehtiyot çorasi qöllanilgani aytilgan.

Rasul Kuşerbayevning taʼkidlaşiça, Toşkent şahar prokurori taʼsisçilarga tegişli qiymati taxminan 120 million AQŞ dollariga baholanayotgan mol-mulk xatlovdan ötkazilib, baholanayotganini maʼlum qilgan. Bu mol-mulk qurilişlar yakunlanmay qolgan yoki xaridorlarga pullarini qaytariş zarurati tuğilgan taqdirda, ularning manfaatlarini taʼminlaş maqsadida kafolat sifatida körilayotgani aytilgan. Şuningdek, kompaniyaning bir neçta quriliş loyihalarida işlar davom etayotgani maʼlum qilingan.

Jumladan, Toşkent viloyatining Surum hududidagi «Sergeli City» loyihasida 16 ta blokni 2027-yil yanvar oyiga qadar topşiriş rejalaştirilgan. Biroq Rasul Kuşerbayev quriliş jarayonlarini hisobga olib, bu muddat mart oyiga surilişi mumkinligini taxmin qilgan.

«Bristol» loyihasidagi oltita blokni ham yanvar oyida yakunlaş rejasi bildirilgan. «Tuzel Park» loyihasida quriliş işlarini jadallaştiriş, «Eko Park»da esa aeroportga yaqinlik bilan boğliq talablar sababli loyiha hujjatlarini qayta körib çiqiş va ekspertizadan ötkaziş jarayoni ketayotgani aytilgan.

Uçraşuvda xaridorlarning tölangan mablağlarini qaytarib oliş yoki boşqa, tezroq bitadigan obyektdan xonadon oliş masalasi ham muhokama qilingan.

Rasul Kuşerbayevning sözlariga köra, şartnomani bekor qilişni istagan xaridorlar kompaniya ofisiga murojaat qilişi, boşqa obyektga ötişni xohlaganlarga esa imkoniyat doirasida tezroq bitadigan loyihalardan xonadon taklif qilinişi aytilgan. Bunda avvalgi şartnoma narxini saqlab qoliş vaʼda qilingan.

Şu bilan birga, ayrim xaridorlarning navbatdagi tölovlarni amalga oşirişni vaqtinça töxtatiş mumkinligi haqidagi savoliga ham javob berilgan. Kuşerbayev bunday masalada har bir xaridor öz şartnomasini va majburiyatlarini alohida hisobga olişi kerakligini taʼkidlagan.

Uning maʼlum qilişiça, içki işlar organlarining tergov guruhi xaridorlar va hissadorlar röyxatini şakllantirmoqda. Tergovçilar har bir fuqaro bilan alohida boğlanib, uning talab va eʼtirozlarini örganadi. Xususan, kim xonadon olişni, kim esa mablağini qaytarib olişni xohlayotgani aniqlanadi.

Rasul Kuşerbayev xaridorlarni quriliş obyektlariga şaxsan borib, işlar holatini öz közi bilan körişga çaqirgan. Uning fikriça, fuqarolar quruvçilarning vaʼdalaridan köra, amaldagi quriliş jarayoniga qarab qaror qabul qilişi lozim.

Hozirça 120 million dollarlik mol-mulkning aniq tarkibi, xaridorlar mablağini qaytariş mexanizmi va har bir loyiha böyiça yangilangan topşiriş muddatlari yuzasidan batafsil rasmiy maʼlumot oçiqlanmagan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Imarat Development mojarosi: 120 million dollarlik mol-mulk xatlovga olingani aytildi | Effect.uz