Sesh. Mar 31st, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

Farg‘onada tez tibbiy yordam mashinasi ishtirokida YTH sodir boʼldi

tay 1 1024x578 - Farg‘onada tez tibbiy yordam mashinasi ishtirokida YTH sodir boʼldi

Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida tez yordam mashinasi va Nexia rusumli avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Bu haqda Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Voqea 2020-yilning 25-fevral kuni soat 12.30 larda 39 yoshli N.M. boshqaruvida bo‘lgan Nissan rusumli avtomashinani Uchariq – Qalaynov yo‘lidan boshqarib ketayotgan vaqtida Farg‘ona shahri tomondan harakatlanib kelayotgan 30 yoshli R.S.ning boshqaruvidagi oq rangli Nexia rusumli avtomashina Nissan rusumli avtomashinani yo‘liga chiqib ketishi natijasida, avtohalokat sodir bo‘lgan.

Natijada Nexia rusumli avtomashina ag‘darilib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib 31 yoshli D.H., boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashina bilan to‘qnashib ketgan. YTH oqibatida oq rangli Nexia rusumli avtomashina ichida bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchilar tan jarohati olib Rishton tumani shifoxonasiga olib borilgan.

Hodisa natijasida jabrlanganlar yo‘q, holat yuzasidan esa tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

 57 Umumiy ko'rildi,  1 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan