Jamiyat

«Kelajak» markazida tanlangan direktorlar işlayaptimi?

Akmal Eshonxonov440 ko'rishlar
«Kelajak» markazida tanlangan direktorlar işlayaptimi?

Toşkent şahridagi tuman direktorlari majburan işdan böşatilgani, yangi rahbarlar esa şaffof bölmagan tanlov asosida tayinlangani haqida EFFECT.UZ tahririyatiga murojaat kelib tuşdi.

Ismi sir qolişini istagan fuqaroning maʼlum qilişiça, 2025-yil 13-dekabr kuni Toşkent şahridagi barça tuman direktorlari Taʼlim boşqarmasiga çaqirilgan. Uçraşuv davomida ularning telefonlari olib qöyilib, öz xohişi bilan işdan böşaş haqida ariza yozişga majburlangani aytilmoqda.

Şuningdek, murojaatda ayrim direktorlarning işdan böşatiş sanasi orqa sana bilan, yaʼni 9-dekabr kuni deb rasmiylaştirilgani, hatto kasallik varaqasida bölgan direktor ham işdan böşatilgani bildirilgan. Murojaatçi bu holatlarni Mehnat kodeksi talablarining buzilişi sifatida baholamoqda.

Vaziyatning yana bir jihati — yangi direktorlarni tayinlaş jarayoni. Maʼlum qilinişiça, Indira Xaldarova direktorlik lavozimlariga test va suhbat asosida tanlov ötkazilişini maʼlum qilgan. Keyinçalik test jarayonlari ötkazilib, yangi rahbarlar tayinlana boşlangan.

Biroq murojaatçi tanlovning şaffof ötkazilganiga şubha bildirmoqda. Uning aytişiça, yangi tayinlangan direktorlardan biri testda iştirok etmasdan lavozimga kelganini öz oğzi bilan aytgan. Bu haqda audioyozuv ham mavjud.

Agar uşbu holatlar tasdiqlansa, savol tuğiladi: direktorlar haqiqatan ham qonuniy tartibda işdan böşatilganmi? Yangi rahbarlar oçiq va teng şartlardagi tanlov asosida tayinlanganmi?

EFFECT.UZ Toşkent şahar Maktabgaça va maktab taʼlimi boşqarmasi hamda «Respublika Kelajak» markazi rahbariyatidan mazkur holatlar yuzasidan rasmiy izoh kutadi.

Xususan, direktorlardan arizalar qaysi huquqiy asosda olingani, işdan böşatiş buyruqlaridagi sanalar qanday belgilangani va yangi rahbarlarni tayinlaşda test hamda suhbat natijalariga qay darajada amal qilinganiga oydinlik kiritilişi lozim.

Mehnat munosabatlarida qonuniylik ham, rahbarlik lavozimlariga tayinlaşda şaffoflik ham majburiy talabdir. Bu boradagi savollar javobsiz qolmasligi kerak.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

«Kelajak» markazida tanlangan direktorlar işlayaptimi? | Effect.uz