Jamiyat

Samarqandda kredit qarzdorligi sababli mehmonxona binosi xatlanib, onlayn auksionga qo‘yildi

Administrator7 soat oldin245 ko'rishlar
Samarqandda kredit qarzdorligi sababli mehmonxona binosi xatlanib, onlayn auksionga qo‘yildi

Samarqand viloyati Byuro majburiy ijro (BPI) boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, mehmonxona binosi onlayn-auksion orqali sotuvga chiqarilgan.

Ma’lum qilinishicha, Samarqand shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudining joriy yil 28-iyuldagi qaroriga asosan, "T.L." MCHJ va yakka tartibdagi tadbirkor T.Z.dan "Turonbank" foydasiga solidar tartibda kredit qarzdorligini undirish belgilangan. Qarzning umumiy miqdori 1 milliard 71 million 269 ming 206 so‘mni tashkil etgan. Shuningdek, ulardan 41 ming 200 so‘m pochta xarajatlarini ham undirish belgilangan.

Sud qarorida undiruv fuqaro X.Z. ga tegishli bo‘lgan, Samarqand shahrining "Bog‘i Temur" mahallasi Amir Temur ko‘chasida joylashgan mehmonxona binosiga qaratilishi ko‘rsatilgan. Mazkur ko‘chmas mulk 3 milliard 250 million so‘mga baholangan.

Shu tariqa, mehmonxona binosi onlayn-auksion orqali sotuvga qo‘yilgan. Uni sotishdan tushadigan mablag‘lar bank oldidagi qarzdorlikni qoplashga yo‘naltiriladi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Samarqandda kredit qarzdorligi sababli mehmonxona binosi xatlanib, onlayn auksionga qo‘yildi | Effect.uz