O'zbekiston

Xalqaro kuryerlik jo‘natmalari uchun bojxona yig‘imi 20 foizga kamaytiriladi

Administrator7 soat oldin14 ko'rishlar
Xalqaro kuryerlik jo‘natmalari uchun bojxona yig‘imi 20 foizga kamaytiriladi

2026-yil 1-noyabrdan xalqaro kuryerlik jo‘natmalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish yig‘imi 20 foizga pasaytiriladi. Bu Prezidentning 12-oktyabrdagi transport-logistika tizimini rivojlantirishga oid PQ–368-son qarorida belgilandi.

Qarorga ko‘ra, 2026–2030-yillarda logistika markazlarining yillik quvvatini kamida 40 mln tonnaga, transport va logistika xizmatlari eksportini 3,5 mlrd dollarga, tranzit yuk tashish hajmini 18,5 mln tonnaga yetkazish rejalashtirilgan. Xalqaro quruqlik portlari soni 24 tadan 30 taga oshiriladi. Chegara punktlarining yuk o‘tkazish imkoniyati va markazlarning konteynerlarga ishlov berish quvvati ikki barobar kengaytiriladi.

Xonobod shahri, Olot, Termiz, Yangiyo‘l va Ohangaron tumanlari transport-logistika sohasiga ixtisoslashtiriladi. Markazlarda terminal va omborlarni boshqarish tizimlari joriy etilib, ular 2030 yil oxirigacha «E-logistika» platformasiga ulanadi.

Belgilangan talablarga javob beradigan markazlar 2040 yilgacha yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi. Buning uchun markaz ESKATOning quruqlik portlari to‘g‘risidagi bitimiga kiritilgan, boshqaruv tizimlarini joriy etgan va «E-logistika»da kamida «BB» reytingiga ega bo‘lishi kerak.

Reyestrga kiritilgan markazlar uchun mamlakatda ishlab chiqarilmaydigan ombor uskunalari, yuk ortish-tushirish texnikasi, agregatlar va ehtiyot qismlar 2029-yil 1-avgustgacha bojxona boji hamda majburiy sertifikatlashdan ozod etiladi.

Shuningdek, M₂, M₃ va N toifasidagi transport vositalarini ishlab chiqaruvchilar 2027-yil 31-dekabrgacha mamlakatda ishlab chiqarilmaydigan komponentlarni bojxona bojisiz import qilishi mumkin.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Xalqaro kuryerlik jo‘natmalari uchun bojxona yig‘imi 20 foizga kamaytiriladi | Effect.uz