⚠️ ATTENTION: The site is running in test mode!⚠️ ATTENTION: The site is running in test mode!
Society

Chirchiqda qalbaki hujjatlar orqali 2 mlrd soʻm QQS qaytarish sxemasi fosh etildi

Administrator4 h ago52 views
Chirchiqda qalbaki hujjatlar orqali 2 mlrd soʻm QQS qaytarish sxemasi fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan Chirchiq shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda yirik soliq firibgarligi sxemasi fosh etildi.

Tergov maʼlumotlariga koʻra, Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi MCHJning muqaddam sudlangan xodimi Navoiy viloyatidagi xususiy korxona ish boshqaruvchisining ishonchiga kirib, qalbaki hujjatlar orqali byudjetdan QQS mablagʻini qaytarib olishni taklif qilgan.

U 2025–2026-yillarda goʻyoki 20 mlrd soʻmlik tovar aylanmasi mavjudligi haqida soxta hujjatlar rasmiylashtirib, soliq idoralaridagi tanishlari orqali 2 mlrd soʻm QQSni qaytarib berishni vaʼda qilgan. Bu “xizmat” uchun esa 340 mln soʻm talab qilingan.

Sxemaga koʻra, Andijon shahrida yashovchi yakka tartibdagi tadbirkor sherik sifatida jalb etilgan. U tanish korxonalar oʻrtasida elektron shartnomalar rasmiylashtirib, goʻyoki 18 mlrd 670 mln soʻmlik qurilish-montaj ishlari, transport xizmatlari va qurilish materiallari yetkazib berilgani haqida 10 ta soxta elektron hisob-faktura tayyorlagan. Shu yoʻl bilan 2 mlrd soʻm QQS qaytarilishiga erishilgan.

Keyinchalik talab qilingan mablagʻni olish jarayonida ularning jinoiy sheriklari — Qibray tumanida yashovchi 1973-yilda tugʻilgan, muqaddam bir necha bor sudlangan shaxs va Andijon shahrida istiqomat qiluvchi 1996-yilda tugʻilgan, muqaddam sudlangan fuqaro orqali pulni qabul qilish vaqtida qoʻlga olingan. Aniqlanishicha, 340 mln soʻm pul mablagʻi jinoiy guruh oʻrtasida taqsimlanishi rejalashtirilgan.

Mazkur toʻrt nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. Shuningdek, ushbu sxemaga aloqador boʻlgan soliq idoralari xodimlarini aniqlash boʻyicha qoʻshimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Share:

Related News

Chirchiqda qalbaki hujjatlar orqali 2 mlrd soʻm QQS qaytarish sxemasi fosh etildi | Effect.uz