Jamiyat

Turkiyada zo‘ravonlikka uchragan 17 yoshli o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi

Administrator2 soat oldin8 ko'rishlar
Turkiyada zo‘ravonlikka uchragan 17 yoshli o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi

Turkiyada zo‘ravonlik va majburiy mehnat holatlariga duch kelgan 17 yoshli O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, voyaga yetmagan fuqaro o‘qish bahonasida Turkiyaga olib borilgan. U yerda majburiy nikohga undash, jismoniy zo‘ravonlik va majburiy mehnat holatlariga duch kelgan. Shundan so‘ng u O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilgan.

Shuningdek, uning Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan O‘zbekistonga qaytarilishi ta’minlangan. Migratsiya agentligiga ko‘ra, voyaga yetmagan fuqaroning xavfsizligi, ijtimoiy-huquqiy va psixologik himoyasini ta’minlash masalalari tegishli tashkilotlar nazoratiga olingan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Turkiyada zo‘ravonlikka uchragan 17 yoshli o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi | Effect.uz