Texnologiya

Surxondaryoda yoş talaba kiberxavfsizlikni bepul örgatmoqda

Akmal Eshonxonov21 ko'rishlar
Surxondaryoda yoş talaba kiberxavfsizlikni bepul örgatmoqda

Termiz davlat universitetining 1-bosqiç talabasi Akobir Kattayev kiberxavfsizlik sohasidagi bilimlarini nafaqat rivojlantirmoqda, balki ularni boşqa yoşlarga ham bepul örgatmoqda.

Dasturiy injenering yönalişida tahsil olayotgan Akobir kiberxavfsizlik böyiça 3 ta sertifikat sohibi. U şu yönalişdagi imtihonda faxrli 3-örinni egallagan. Şuningdek, turk va ingliz tillarini biliş böyiça sertifikatlarga ega.

Eʼtiborlisi, talaba öz bilimlarini şaxsiy rivojlaniş bilan çeklab qöymagan. Ayni paytda u yoşlarning raqamli savodxonligini oşiriş va kiberxavfsizlik böyiça bilimlarini rivojlantiriş maqsadida uşbu yönalişni bepul örgatib kelmoqda.

Akobir Kattayevning bu taşabbusi yoşlar örtasida zamonaviy texnologiyalarga qiziqişni oşiriş, raqamli bilimlarni ommalaştiriş va kiberxavfsizlik sohasida yangi mutaxassislar şakllanişiga hissa qöşişga qaratilgan.

Birinçi bosqiç talabasi böla turib, özi örgangan bilimlarni boşqalarga bepul örgatayotgan yoşning taşabbusi — albatta, omma eʼtiboriga loyiq.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Surxondaryoda yoş talaba kiberxavfsizlikni bepul örgatmoqda | Effect.uz