Texnologiya

Binance Academy Özbekistonda kriptoaktivlardan xavfsiz foydalaniş böyiça bepul öquv kursini işga tuşirmoqda

Administrator1 soat oldin22 ko'rishlar
Binance Academy Özbekistonda kriptoaktivlardan xavfsiz foydalaniş böyiça bepul öquv kursini işga tuşirmoqda

Binance kompaniyasining Binance Academy taʼlim platformasi Özbekistonda «Kriptoaktivlardan foydalanişda xavfsizlik» nomli bepul, mahalliy şaroitga moslaştirilgan öquv kursini işga tuşirmoqda. Taşabbus kriptoaktivlar bilan endigina tanişayotgan foydalanuvçilarga raqamli aktivlar haqida boşlanğiç bilim oliş va tegişli xizmatlardan xavfsiz foydalanişni örganişda yordam berişga qaratilgan.

Yangi taʼlim taşabbusi boşlovçi foydalanuvçilarga Özbekistonda kriptoaktivlar bilan işlaş qoidalari, xavfsizlik asoslari hamda firibgarlikdan himoyalaniş usullarini tuşunişga yordam beradi.

Kursda Özbekistonda kriptoaktivlar bozorini tartibga solişning öziga xos jihatlari, litsenziyaga ega xizmat körsatuvçilarni tanlaş, akkaunt va mablağlarni himoya qiliş qoidalari, şuningdek, eng keng tarqalgan firibgarlik usullarini aniqlaş yöllari tuşuntiriladi.

Uşbu taşabbus raqamli aktivlarga qiziqiş ortib borayotgan, şu bilan birga, sodda va hammabop taʼlimga ehtiyoj saqlanib qolayotgan bir paytda yölga qöyilmoqda. Binance tomonidan 2026-yil iyul oyida Özbekistonda mingdan ortiq respondent iştirokida ötkazilgan sörovga köra, iştirokçilarning 30,2 foizi bilim yetişmasligini kriptoaktivlardan foydalanişga tösqinlik qilayotgan asosiy omillardan biri deb biladi. Yana 21,9 foizi esa mablağlarini yöqotişdan xavotirda. Natijalar şuni körsatadiki, mavjud tösiqlar nafaqat texnologiyadan foydalaniş imkoniyati, balki bilim va undan foydalanişga bölgan işonç yetişmasligi bilan ham boğliq.

Raqamli xavfsizlik masalasi kengroq miqyosda ham dolzarb hisoblanadi. Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi maʼlumotlariga köra, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlar soni 2019-yildagi 863 tadan 2024-yilda 58,8 mingtaga yetgan. Uşbu davrda bunday jinoyat turlari soni 18 tadan 62 taga köpaygan. Röyxatga olingan barça jinoyatlar tarkibida kiberjinoyatlarning uluşi esa 2023-yildagi 6,2 foizdan 2024-yilda 44,4 foizga oşgan. Vazirlik maʼlumotlariga köra, 2024-yildagi kiberjinoyatlarning 98 foizi bank kartalari bilan boğliq bölgan. Bu körsatkiçlar raqamli va moliyaviy savodxonlikni oşiriş naqadar muhimligini körsatadi.

«Raqamli moliyaviy xizmatlar kundalik hayotimizning bir qismiga aylanib borar ekan, bilim oliş xavfsizlikni taʼminlaşning muhim omillaridan biriga aylanmoqda. Foydalanuvçi nafaqat kriptoaktivlar qanday işlaşini tuşunişi, balki xizmat körsatuvçining işonçliligini qanday tekşiriş, akkauntini qanday himoyalaş va firibgarlikni qanday aniqlaşni ham bilişi zarur. Maqsadimiz uşbu amaliy bilimlarni Özbekistondagi foydalanuvçilar uçun tuşunarli va hammabop qilişdir», deya taʼkidladilar Binance vakillari.

Tartibga solişdan firibgarlikdan himoyalanişgaça

Kurs Özbekiston bozorining öziga xos jihatlarini hisobga olgan holda işlab çiqilgan va birinçi navbatda raqamli aktivlar bilan endigina tanişayotgan kişilarga möljallangan. Öquv materiallari mahalliy tillarda sodda va tuşunarli şaklda taqdim etiladi.

Kurs davomida foydalanuvçilar quyidagilarni örganadilar:

Özbekistonda kriptoaktivlar bozori qanday tartibga solinişi;

nima uçun litsenziyaga ega xizmat körsatuvçilardan foydalaniş muhimligi;

Özbekistonda Binance xizmatlaridan mahalliy litsenziyalangan hamkor COINPAY orqali qanday qilib xavfsiz foydalaniş;

akkaunt, şaxsiy maʼlumotlar va mablağlarni qanday himoya qiliş;

keng tarqalgan firibgarlik sxemalari va şubhali takliflarni qanday aniqlaş;

raqamli aktivlar bilan işlaşda qanday asosiy xavfsizlik qoidalariga rioya etiş lozimligi.

COINPAY Özbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi litsenziyaga ega xizmat körsatuvçilar rasmiy reyestriga kiritilgan. Agentlik Özbekiston rezidentlarining Binance platformasidan mahalliy tartibga solinadigan model orqali foydalaniş tartibi yuzasidan ham tuşuntirişlarni eʼlon qilgan.

Kursdan ötiş uçun savdo operatsiyalarini amalga oşiriş talab etilmaydi. Foydalanuvçi dastlab öquv materiallarini özlaştiradi, söng olgan bilimlarini tekşiriş uçun qisqa testdan ötadi. Dastur şartlariga mos keladigan foydalanuvçilar kursni muvaffaqiyatli tugatgaç, USDT körinişida mukofot olişlari mumkin.

Taʼlim bozor rivojining asosi sifatida

Özbekistonda kursning işga tuşirilişi Binance Academy xalqaro taʼlim faoliyatining davomidir. Platforma blokçeyn, kriptoaktivlar, raqamli xavfsizlik va raqamli iqtisodiyotning boşqa yönalişlari böyiça bepul öquv materiallari va kurslarni taqdim etadi.

Taʼlim materiallariga qiziqiş tobora ortib bormoqda. Binance eʼlon qilgan sönggi maʼlumotlarga köra, dunyo böylab 64 milliondan ortiq kişi Binance Academy yordamida kriptoaktivlar haqidagi bilimlarini oşirgan. Platforma 29 tilda bepul taʼlim materiallarini taqdim etadi. Mukofotli öquv dasturlari doirasida foydalanuvçilarga jami 12,8 million AQŞ dollaridan ortiq mablağ tarqatilgan.

Özbekistonda raqamli aktivlarga qiziqiş ortib borayotgani va bozorda tartibga solinadigan infratuzilma şakllanayotganini inobatga olsak, taʼlim taşabbuslarini rivojlantiriş ayniqsa muhim. Yangi kurs foydalanuvçilarga raqamli moliyaviy xizmatlardan ongli va xavfsiz foydalaniş uçun zarur amaliy bilimlarni berişga qaratilgan.

«Kriptoaktivlardan foydalanişda xavfsizlik» bepul kursi Binance Academy platformasida mavjud: https://www.binance.com/ru/academy/learn-and-earn/course/BN1314054777074565121

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Binance Academy Özbekistonda kriptoaktivlardan xavfsiz foydalaniş böyiça bepul öquv kursini işga tuşirmoqda | Effect.uz