Qorong‘i rejim
Özbekiston

Şavkat Mirziyoyev maktubidan eng muhim iqtiboslar

Akmal Eshonxonov43 ko'rishlar
Şavkat Mirziyoyev maktubidan eng muhim iqtiboslar

Prezident Şavkat Mirziyoyev Iordaniyaga parvoz çoğida nabirasi Şavkatbekka yozgan maktubida kelajak avlod, ilm-maʼrifat, Vatanga xizmat qiliş va inson qadr-qimmati haqidagi fikrlarini bayon etdi. Quyida maktubdan eng muhim iqtiboslarni jamladik.

🔵 «Taqdir zimmamga şunday vazifa yuklaganki, men nafaqat sening, balki senga öxşagan millionlab Özbekiston farzandlarining kelajagi haqida ham öylaşim, qayğurişim kerak».

🔵 «Hamişa xalq oğirini yengil qiliş, muşkulini oson etişni asosiy maqsad, öz hayotimning maʼno-mazmuni deb bilganman».

🔵 «Bu dunyoda millatning dardiga darmon bölişdan köra aʼlo va afzal iş yöq».

🔵 «Unutma, sizlar öz aql-zakovati bilan dunyoni özgartirgan, insoniyatga ustozlik qilgan ne-ne buyuk zotlarning avlodisiz».

🔵 «Farzandlarimizning iqtidorini vaqtida uyğotib, parvarişlay olsak bas».

🔵 «Zukko, bilimli, hunarli yoşlarni voyaga yetkaziş ham ana şunday maşaqqatli iş, masʼuliyatli yumuşdir».

🔵 «Yurt kelajagi sen kabi millionlab yoşlarga boğliq ekanini aslo unutma! Ilm-maʼrifat örganişga sidqidildan harakat qil!»

🔵 «Yoşlikda olingan bilim xuddi toşga öyilgan naqş kabi sira öçmaydi».

🔵 «Xalqim tunda osuda uxlaşi uçun ham men har doim bedor bölmoğim kerak, axir!»

🔵 «Har bir daqiqani ğanimat bil!»

🔵 «Hayotdagi eng katta yutuq heç qaçon yiqilmaslikda emas, balki yiqilgan taqdirda ham özida kuç topib qayta tura bilişdadir».

🔵 «Tuşkunlikka tuşma! Faqat olğa va yana olğa yur!»

🔵 «Ezgu niyat, qatʼiy amal va gözal fazilatlar bilan yaşasang, aslo kam bölmaysan».

🔵 «Bayroq — Vatanimiz, milliy ğururimiz timsoli».

🔵 «Vatanga naf keltirmoqqa, el koriga yaramoqqa intil!»

🔵 «Har qanday vaziyatda ham inson bölib qolmoq muhimdir».

Maktubning töliq matni Prezidentning rasmiy saytida eʼlon qilingan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Şavkat Mirziyoyev maktubidan eng muhim iqtiboslar | Effect.uz