Qorong‘i rejim
Özbekiston

Pedagoglarning farzandlari uçun kontrakt töloviga 30 foiz çegirma beriladi

Akmal Eshonxonov10 ko'rishlar
Pedagoglarning farzandlari uçun kontrakt töloviga 30 foiz çegirma beriladi

2026/2027 öquv yilidan boşlab davlat oliy taʼlim taşkilotlarining bakalavriat bosqiçida kunduzgi taʼlim şaklida öqiyotgan pedagoglar farzandlari uçun tölov-kontrakt summasiga 30 foiz çegirma joriy etiladi. Bu haqda Hukumat qarorida belgilangan.

Çegirma quyidagi taʼlim muassasalari va şakllarida tahsil olayotganlarga tatbiq etilmaydi:

  • oliy harbiy va harbiylaştirilgan taʼlim taşkilotlari;

  • Özbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy taʼlim taşkilotlari va ularning filiallari;

  • nodavlat oliy taʼlim taşkilotlari;

  • qöşimça va tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt asosidagi taʼlim;

  • xorijiy hamkor oliy taʼlim muassasalarining qöşma taʼlim dasturlari va fakultetlari.

Agar pedagogning bir neçta farzandi davlat oliy taʼlim taşkilotlarida tölov-kontrakt asosida öqiyotgan bölsa, çegirma har bir farzand uçun alohida qöllaniladi.

Buning uçun pedagog farzandi tölov-kontrakt şartnomasini oliş maqsadida kontrakt.edu.uz tizimi orqali ariza yuboradi. Ariza beruvçining pedagog farzandi ekani «Raqamli hukumat» tizimining idoralararo integratsiyalaşuv platformasi orqali tasdiqlansa, çegirma avtomatik ravişda qöllaniladi.

Arizalar masʼul taşkilot tomonidan ikki iş kuni içida körib çiqiladi. Çegirma har bir öquv yili uçun bir marta beriladi.

Pedagogning otasi yoki onasi pedagog toifasidan çiqarilgan taqdirda, keyingi öquv yilidan boşlab çegirma qöllaş töxtatiladi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Pedagoglarning farzandlari uçun kontrakt töloviga 30 foiz çegirma beriladi | Effect.uz