O'zbekiston

“Olot” bojxona postida ötkazuvçanlikni oşiriş çoralari muhokama qilindi

Akmal Eshonxonov39 ko'rishlar
“Olot” bojxona postida ötkazuvçanlikni oşiriş çoralari muhokama qilindi

Özbekiston va Turkmaniston davlat çegarasida joylaşgan “Olot” çegara bojxona postida transport oqimini tezlaştiriş, logistika infratuzilmasini modernizatsiya qiliş va yuk taşiş jarayonlarini soddalaştiriş masalalari muhokama qilindi.

Bugun Bojxona qömitasi raisi A. Mavlonov, transport vaziri I. Mahkamov, Avtomobil yöllari qömitasi raisi J. Tursunov hamda “Özsuvtaʼminot” AJ raisi A. Suvonqulov post faoliyati va mavjud infratuzilma imkoniyatlarini örgandi.

Maʼlum qilinişiça, “Olot” bojxona posti orqali harakatlanayotgan yuk avtotransport vositalari oqimi yil sayin ortib bormoqda. Joriy yilning 10 oyida post orqali 243 mingdan ziyod transport vositasi harakatlangan. Bu körsatkiç 2022-yilning mos davriga nisbatan 2,3 barobar köp.

Ayni paytda post orqali sutkasiga 1 200 tagaça avtotransport vositasi kirib-çiqmoqda. Bu esa mavjud infratuzilmani takomillaştiriş va transport oqimini samarali boşqariş zaruratini yuzaga keltirmoqda.

Örganiş davomida ötkazuvçanlikni oşirişga qaratilgan bir qator takliflar ilgari surildi.

Jumladan, Turkmaniston tomoni pandemiya davrida joriy etilgan “tirkama almaşiş mexanizmi”dan voz keçib, anʼanaviy xalqaro yuk taşiş tizimiga qaytişi masalasi muhokama qilindi. Bu ortiqça nazorat jarayonlarini qisqartiriş va transport harakatini tezlaştiriş imkonini berişi mumkin.

Şuningdek, ikki davlatning neytral hududlarini boğlovçi “Yamonjar” kanali ustidan 1978-yilda qurilgan, texnik jihatdan eskirgan köprik örniga zamonaviy va yuqori ötkazuvçanlikka ega yangi köprik barpo etiş taklifi körib çiqildi.

Taklif etilayotgan köprik har ikki yönalişda kamida ikkitadan yuk avtomobili harakatlanişiga möljallanadi. Bu yuk taşiş jarayonlarini tezlaştiriş, çegaradagi tirbandliklarni kamaytiriş va piyodalar hamda yengil avtomobillar harakati uçun qulaylik yaratişga xizmat qilişi kutilmoqda.

Ilgari surilgan takliflar tegişli idoralar tomonidan örganilib, ularning texnik-iqtisodiy asoslari işlab çiqiladi. Asoslantirilgan takliflarni yuqori darajada körib çiqiş uçun kiritiş belgilangan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

“Olot” bojxona postida ötkazuvçanlikni oşiriş çoralari muhokama qilindi | Effect.uz