Toşkent şahrining Çilonzor tumanida sintetik narkotiklar tayyorlaş va tarqatiş bilan şuğullangan şaxsga tegişli narkolaboratoriya aniqlandi. Tezkor tadbir davomida bir neça kilogramm giyohvandlik vositalari va ularni qadoqlaş uçun möljallangan aşyolar musodara qilindi.
Davlat xavfsizlik xizmati va Içki işlar vazirligi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 2002-yilda tuğilgan fuqaro Çilonzor tumanidagi köp qavatli uylardan birida joylaşgan xonadonni ijaraga olib, sintetik narkotiklar tayyorlaş hamda tarqatiş bilan şuğullanib kelgani aniqlangan.
Xolislar iştirokida ötkazilgan közdan keçiriş jarayonida xonadondan «zakladka» usulida tarqatiş uçun zip-paketlarga qadoqlangan giyohvandlik vositalari, elektron tarozi, mikser, fen, şprislar, 1 000 dona böş şaffof paket, 1 000 dona böş flakon va boşqa aşyolar topilgan.
Tezkor tadbir natijasida jami:
- 3,5 kilogramm gaşiş moyi;
- 600 gramm gaşiş;
- 200 gramm marixuana;
- tarkibida narkotik modda bölgan 8 dona peçenye
musodara qilingan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 276¹-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, unga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanilgan.




