Jamiyat

Navoiy shahar ta’lim bo‘limi xonalari nega muhrlandi?

Administrator2 soat oldin11 ko'rishlar
Navoiy shahar ta’lim bo‘limi xonalari nega muhrlandi?

Ta’lim tizimi — shunchaki bitta idora yoki tashkilot emas. U minglab o‘quvchilar, ota-onalar, o‘qituvchilar, maktab direktorlari va bog‘cha rahbarlarining kundalik hayoti, ta’lim-tarbiya jarayoni va hujjatlar aylanmasi bilan bevosita bog‘li muhim tizimdir.

Agar bo‘limning xizmat xonalari, jumladan qabulxona ham muhrlangan bo‘lsa, jamoatchilikda qator haqli va kechiktirib bo‘lmaydigan savollar tug‘ilmoqda. Xonalar muhrlangan bo‘lsa, u yerda faoliyat yuritgan xodimlar hozir qayerda va qay tartibda ishlamoqda, ularning kundalik vazifalari va ijro intizomi to‘xtab qolmadimi? Ota-onalar, o‘qituvchilar va muassasa rahbarlari o‘z murojaatlari bo‘yicha endi qayerga borishlari kerak? Maktab va bog‘chalardan keladigan topshiriqlar va tashkiliy ishlar kim tomonidan qabul qilinib, ko‘rib chiqilyapti?

Eng asosiy masalalardan biri — bu vaziyatning kelib chiqish sabablaridir. Agar qarzdorlik haqiqatan ham mavjud bo‘lsa, u qaysi xarajatlar hisobidan va qachon paydo bo‘lgan? Uning miqdori qancha va nega vaziyat xonalar muhrlanishi darajasiga yetguncha bartaraf etilmagan? Muammoni shu darajagacha olib kelganlik uchun kim mas’ul?

Hozircha ushbu ma’lumotlar to‘liq rasmiy tasdiqlanmagan bo‘lib, hech qaysi tomonga bevosita ayblov qo‘yilmaydi. Biroq sohaning jamiyat uchun qanchalik muhimligini inobatga olib, mas’ul idoralardan — Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, MIB hamda shahar hokimligidan ushbu vaziyat, qarzdorlik manbai, xodimlarning hozirgi ish tartibi va fuqarolar qabuli yuzasidan tezkor, ochiq va rasmiy munosabat kutib qolamiz.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Navoiy shahar ta’lim bo‘limi xonalari nega muhrlandi? | Effect.uz