⚠️ DIQQAT: Sayt test rejimida ishlamoqda!⚠️ DIQQAT: Sayt test rejimida ishlamoqda!
Siyosat

“Koʻzi yongan, ilmga chanqoq oʻquvchilar menda katta taassurot qoldirdi” — vazir Namanganda boʻlgan uchrashuv haqida

Administrator3 soat oldin102 ko'rishlar
“Koʻzi yongan, ilmga chanqoq oʻquvchilar menda katta taassurot qoldirdi” — vazir Namanganda boʻlgan uchrashuv haqida

“Muhtaram ayol” mavzusida boʻlib oʻtgan dars davomida mamlakatda ayol-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan ishlar haqida fikr almashilgan. Uchrashuv chogʻida vazir oʻquvchilarning faolligi va mustaqil fikrlariga toʻxtalib oʻtgan:

“Koʻzlari yongan, ilm olishga chanqoq oʻquvchilarning mulohazalariga quloq tutar ekanman, ularning teran fikrlari va hayotiy qarashlari menda katta taassurot qoldirdi”, — degan edi Eʼzoza Karimova.

Shundan soʻng maktab pedagogik jamoasi bilan muloqot oʻtkazilgan. Unda taʼlim sifatini oshirish va oʻquv jarayonini takomillashtirishga qaratilgan masalalar muhokama qilingan. Tashrif yakunida maktab hovlisida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻchat ekish tadbiri ham oʻtkazilgan.

Ulashish:

“Koʻzi yongan, ilmga chanqoq oʻquvchilar menda katta taassurot qoldirdi” — vazir Namanganda boʻlgan uchrashuv haqida | Effect.uz