Jamiyat

IMARAT DEVELOPMENT böyiça yangi maʼlumotlar e'lon qilindi

Akmal Eshonxonov34 ko'rishlar

IMARAT DEVELOPMENT bilan boğliq mojarolar yuzasidan Toşkent şahar prokurori va Toşkent şahar içki işlar boşliği iştirokida xaridorlar bilan uçraşuv ötkazildi. Uçraşuvda qurilişlarni davom ettiriş, fuqarolarning mablağlarini qaytariş, obyektlarni tezroq topşiriş hamda tergov jarayoni böyiça maʼlumotlar berilgan.

Rasul Kuşerbayevning aytişiça, IMARAT DEVELOPMENT asosçisi va uning şerigi Jasur Azizovga nisbatan hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda va ularga nisbatan ehtiyot çorasi qöllangan. Şu bilan birga, Jasur Azizovning otasi Dilşod Azizov kompaniya ofisida bölib, quriliş jarayonlarini nazorat qilayotgani aytilgan.

$120 mlnlik mol-mulk xatlovga olinmoqda

Uçraşuvda Toşkent şahar prokurori bergan maʼlumotga köra, taʼsisçilarga tegişli boşqa mol-mulklar ham xatlovdan ötkazilib, baholanmoqda. Gap taxminan 120 million AQŞ dollari qiymatidagi mol-mulk haqida ketmoqda.

Rasul Kuşerbayevning taʼkidlaşiça, uşbu mol-mulkni xatlovga olişdan maqsad — agar quriliş obyektlari yakuniga yetkazilmasa yoki fuqarolarga mablağlarini qaytariş zarurati yuzaga kelsa, ularni qoplaş uçun muayyan kafolat bazasini şakllantiriş.

Quriliş obyektlari böyiça qanday rejalar bor?

Uçraşuvda bir qator loyihalardagi vaziyat ham muhokama qilingan.

«Sergeli City» loyihasi Toşkent viloyatining Surum hududida joylaşgan bölib, bu yerda 16 ta blok qurilayotgani aytildi. Kompaniya tomonidan ularni yanvar oyida topşiriş rejalaştirilgan.

Biroq Rasul Kuşerbayev öz fikrini bildirib, obyektlarning töliq bitişi yanvar oyiga ulgurmasligi, quriliş taxminan 2027-yil mart oylariga yakunlanişi mumkinligini aytdi.

«Bristol» loyihasida ham 6 ta blok qurilayotgani va ularni yanvar oyida topşiriş rejalaştirilayotgani aytilgan. Kuşerbayevning fikriça, kommunikatsiya işlari va boşqa jarayonlarni hisobga olganda, uşbu obyektda ham quriliş mart oylarigaça çözilişi mumkin.

«Tuzel Park» loyihasida esa xaridorlarning eʼtirozlaridan kelib çiqib, quriliş işlarini jadallaştiriş masalasi qöyilgan.

«Eko Park» loyihasida esa obyekt aeroportga yaqin joylaşgani sababli binolar qavatlari qayta körib çiqilmoqda. Loyiha ekspertizaga yuborilgan. Ekspertiza xulosasidan söng qurilişni jadal davom ettiriş rejalaştirilayotgani aytilgan.

Kvartira yoki pul: xaridor tanlovi qanday böladi?

Uçraşuvda asosiy masalalardan biri — mablağini qaytarib olişni istagan xaridorlar masalasi böldi.

Rasul Kuşerbayevning tuşuntirişiça, agar fuqaro mablağini qaytarib olişga qaror qilsa, kompaniya ofisiga murojaat qilib, şartnomani bekor qilişi kerak. Şundan keyin u kvartira emas, mablağini qaytarib oladigan xaridorlar toifasiga ötkaziladi.

Kvartira olişni istagan, ammo uni tezroq bitadigan boşqa obyektga almaştirişni xohlagan xaridorlar uçun ham şunday imkoniyat körib çiqilayotgani aytildi.

Muhimi, bunday almaştirişda avvalgi şartnoma narxini saqlab qoliş vaʼda qilingan. Yaʼni quriliş muddati keçikayotgan obyektdan tezroq bitadigan boşqa obyektga ötkazilgan taqdirda, xaridor uçun narx özgarmasligi aytilgan.

Tölovlarni töxtatiş masalasi

Uçraşuvda ayrim xaridorlar: «Tölovni vaqtinça qilmay tursam böladimi?» degan savolni ham bergan.

Kuşerbayevning aytişiça, prokuror tomonidan tölov qilmaslik mumkinligi aytilgan. Biroq u bu masalada özining şaxsiy fikrini bildirgan.

Uning taʼkidlaşiça, agar xaridor şartnomani bekor qilmagan bölsa va kvartira oliş niyati saqlanib qolgan bölsa, tölovlar böyiça majburiyatlar ham saqlanib qolişi mumkin. Keyinçalik kvartira tayyor bölgaç, tölovlar amalga oşirilmagani sababli yangi nizo kelib çiqişi ehtimoli bor.

Şuning uçun Kuşerbayev xaridorlarga qarorni obyektga borib, qurilişning haqiqiy holatini körgan holda qabul qilişni tavsiya qilgan.

U bu fikrlar özining şaxsiy pozitsiyasi ekanini alohida taʼkidlagan.

«Menga ham işonmang, özingiz borib köring»

Rasul Kuşerbayev xaridorlarni quriliş obyektlariga şaxsan borib, işlar qay darajada ekanini körişga çaqirgan.

«Heç bir quruvçiga, heç bir odamga işonmang, menga ham işonmang kerak bölsa. Borib, özingiz köring közingiz bilan. Amaliga işoning, işiga işoning», — degan u.

Uning fikriça, fuqarolar kimningdir şaxsiy vaʼdasiga emas, amaldagi quriliş jarayoni va qonunga tayanib qaror qabul qilişi kerak.

Kuşerbayevning taʼkidlaşiça, haqiqiy kafolatni alohida şaxs emas, qonun va davlat taʼminlaşi lozim.

Tergov guruhi xaridorlar bilan alohida işlamoqda

Uçraşuvda içki işlar organlarining tergov guruhi ham iş olib borayotgani aytildi. Tergovçilar har bir mijoz va hissador bilan alohida boğlanib, ularning talabini qayd etayotgani maʼlum qilindi. Jumladan, kim kvartira olişni, kim esa mablağini qaytarişni xohlayotgani alohida röyxatga olinmoqda.

Şuningdek, ötkazma şartnomalari va uşbu şartnomalar böyiça amalga oşirilgan tölovlar ham nazorat qilib borilayotgani aytildi. Ayni paytda IMARAT DEVELOPMENT bilan boğliq tergov jarayoni davom etmoqda.

Eslatma: yuqoridagi maʼlumotlarning asosiy qismi uçraşuvda Rasul Kuşerbayev tomonidan bildirilgan fikr va Toşkent şahar prokurori tomonidan berilgani aytilgan maʼlumotlarga asoslangan. Ayrim quriliş muddatlari Kuşerbayevning şaxsiy prognozi sifatida keltirilgan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

IMARAT DEVELOPMENT böyiça yangi maʼlumotlar e'lon qilindi | Effect.uz