Jamiyat

Özbekistonda qaysi sohalarga köproq investitsiya kiritilmoqda?

Akmal Eshonxonov46 ko'rishlar
Özbekistonda qaysi sohalarga köproq investitsiya kiritilmoqda?

2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida Özbekistonda asosiy kapitalga 584,2 trillion sömlik investitsiyalar özlaştirildi.

Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 20,1 foizga köp. Bu haqda Milliy statistika qömitasi maʼlumot berdi.

Iqtisodiy faoliyat turlari böyiça investitsiyalarning eng katta qismi işlab çiqariş sanoatiga yönaltirilgan. Uşbu sohaga 160,8 trillion söm investitsiya kiritilgan.

Şuningdek, investitsiyalar hajmi turar joy qurilişida 87,1 trillion söm, qişloq, örmon va baliqçilik xöjaligida 52,1 trillion söm, quriliş sohasida 51,1 trillion sömni taşkil etgan.

Elektr energiyasi, gaz, buğ va konditsiyalangan havo taʼminotiga 39 trillion söm, toğ-kon sanoatiga 33,9 trillion söm, taşiş va saqlaş sohasiga 27,7 trillion söm investitsiya özlaştirilgan.

Ulgurji va çakana savdo, transport vositalarini taʼmirlaş sohasiga 22,6 trillion söm, taʼlimga 12,7 trillion söm, suv taʼminoti va çiqindilarni qayta işlaşga 12,2 trillion söm yönaltirilgan.

Bundan taşqari, yaşaş va ovqatlaniş xizmatlariga 9,5 trillion söm, axborot va aloqa sohasiga 9,3 trillion söm, soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlarga 7,7 trillion söm investitsiya kiritilgan.

Kasbiy, ilmiy va texnik faoliyatga 6,1 trillion söm, moliya va suğurta sohasiga 5,4 trillion söm, sanʼat, köngil oçiş va dam oliş sohalariga 4,5 trillion söm investitsiya özlaştirilgan.

Boşqa faoliyat turlariga yönaltirilgan investitsiyalar hajmi 42,7 trillion sömni taşkil etgan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Özbekistonda qaysi sohalarga köproq investitsiya kiritilmoqda? | Effect.uz