⚠️ DIQQAT: Sayt test rejimida ishlamoqda!⚠️ DIQQAT: Sayt test rejimida ishlamoqda!
Jamiyat

Buxorodagi zapravkalardan birida benzin kam quyilgani aniqlandi

Administrator3 soat oldin57 ko'rishlar
Buxorodagi zapravkalardan birida benzin kam quyilgani aniqlandi

Buxoro viloyati Peshku tumanidagi yoqilgʻi quyish shoxobchasida benzin kam quyilgani boʻyicha murojaat oʻz tasdigʻini topdi.

Maʼlum qilinishicha, fuqaro Sh. Murodov (ismi oʻzgartirilgan) oʻz avtomobiliga yoqilgʻi quyish jarayonida kolonka koʻrsatkichiga nisbatan kam benzin berilganini bildirib, ishonch telefoniga murojaat qilgan.

Mazkur murojaat asosida Texnik jihatdan tartibga solish inspeksiyasining Buxoro viloyati boʻlimi tomonidan tekshiruv oʻtkazilgan.

Nazorat tadbiri davomida Peshku tumanida faoliyat yurituvchi “P.A.P” xususiy korxonasiga qarashli AI-92 markali yoqilgʻi quyish shoxobchasida oʻrnatilgan “TEXNO UZ” rusumli uskunada yoqilgʻi berish miqdori belgilangan meʼyordan kam ekani aniqlangan.

Shuningdek, korxonada foydalanilayotgan 6 ta oʻlchash vositasi metrologik tekshiruvdan oʻtkazilmagani maʼlum boʻlgan.

Aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan korxona rahbariga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks asosida bayonnoma rasmiylashtirilib, ish sudga yuborilgan.

Qoʻshimcha

Isteʼmolchilar sifatsiz yoki shubhali mahsulotlarga duch kelgan taqdirda, Texnik jihatdan tartibga solish inspeksiyasining 1880 qisqa raqamiga murojaat qilishlari mumkin.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Buxorodagi zapravkalardan birida benzin kam quyilgani aniqlandi | Effect.uz