O'zbekiston

Andijonda yuk mashinasi 7 ta avtomobilni urib yubordi

Administrator2 soat oldin5 ko'rishlar
Andijonda yuk mashinasi 7 ta avtomobilni urib yubordi

YTH tuproq ortilgan Howo rusumli yuk avtomashinasi tormoz tizimidagi nosozlik sabab yuz bergan. 3 kishi vafot etgan va 4 kishi jarohat olgan.

Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida yuk mashinasi tormozi ishlamay qolishi oqibatida YTH yuz berib, 3 kishi halok bo‘ldi, yana 4 kishi jarohatlandi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea 10-oktyabr kuni soat 09:40 larda “Neftchilar” MFY, Konchilar ko‘chasida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Neftchilar—Kulla yo‘nalishida harakatlanayotgan, 1978-yilda tug‘ilgan O‘.A. boshqaruvidagi tuproq ortilgan Howo rusumli yuk avtomashinasi tormoz tizimidagi nosozlik sababli boshqaruvni yo‘qotgan.

Oqibatda yuk avtomashinasi qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan Cobalt, Nexia, BYD Song Plus va Nexia-2 avtomashinalari, shuningdek, yo‘lning o‘ng tomonida to‘xtab turgan Nexia-3, Damas va Matiz rusumli transport vositalarini urib yuborgan. Ko‘cha bo‘yida joylashgan do‘konlarga ham zarar yetgan. YTH oqibatida 3 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan. Howo yuk avtomashinasi haydovchisi va yana 3 nafar fuqaro turli tan jarohatlari bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Buloqboshi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda hodisaning barcha holatlarini aniqlash yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Andijonda yuk mashinasi 7 ta avtomobilni urib yubordi | Effect.uz