Jizzax viloyatining Zomin tumanida yaşovçi fuqaro xonadonida kannabis yetiştiriş uçun maxsus şaroit yaratgani aniqlandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, tuman IIB xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida 1977-yilda tuğilgan fuqaroning yaşaş xonadoni va yordamçi xöjaliklari xolislar iştirokida közdan keçirilgan.
Tekşiruv jarayonida xonadondan kannabisning 8 tupdan 22 tupgaça bölgan mayda nihollari hamda gugurt qutiçalarida saqlangan 4 dona uruği topilgan.
Şuningdek, ösimliklarni maxsus şaroitda parvarişlaş uçun möljallangan LED lampalar, kimyoviy moddalar, quritilgan kannabisga işlov beriş va uni qadoqlaş jihozlari hamda elektron tarozi aniqlangan.
Topilgan aşyolar belgilangan tartibda rasmiylaştirilgan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilmoqda.




