DXX axborot xizmatining maʼlum qilishicha, Buxoro shahrida yashovchi, 26 yoshli shaxs 2019-yilda Suriya davlatidagi “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkilotiga safiga qoʻshilgan.
U jangarilar safida faoliyat olib borish bilan birga, ijtimoiy tarmoqlar orqali turli bahonalar bilan boshqalardan pul yigʻib, terroristik tashkilotning moliyaviy taʼminotini yaxshilashga koʻmaklashgan.
2021-2025-yillar davomida mazkur shaxs internet orqali oʻzbekistonlik fuqarolar bilan muloqotga kirishib, ularni kriptovalyuta koʻrinishida pul mablagʻlari yuborishga daʼvat qilib, natijada katta miqdorda pul yigʻishga muvaffaq boʻlgan.
Hozirda uning aldovlariga uchib, pul yuborgan 8 nafar shaxsga nisbatan JKning 155³-moddasi, yaʼni terrorizmni moliyalashtirish aybi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, u oʻzining qabih ishlariga oʻzining 60 yoshli otasini ham jalb qilgan.
Xususan, 2022-2025-yillar davomida ota “BINANCE” xalqaro kripto-birjasi orqali jami 13 597 USDT kripto-valyutasini yuborgan.
Taʼkidlanishicha, ota muqaddam diniy ekstremizm va aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan materiallarni tarqatish bilan shugʻullanganligi uchun 2019-yilda huquq-tartibot idoralari tomonidan qoʻlga olinib, JKning 244¹-moddasiga asosan 5-yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Keyinroq esa Buxoro shahar sudining ajrimi bilan, u shartli ravishda ozod qilingan.
Lekin, u davlat tomonidan oʻziga nisbatan koʻrsatilgan insonparvarlikning qadriga yetmasdan yana eski ishini davom ettirgan. Natija DXX tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida uning harakatlariga chek qoʻyilib, jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Buxoro shahar sudining hukmi bilan erkak JKning 155³-moddasi 2-qismi “a” bandi va 278⁸-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 10-yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Uning 1999-y.t. oʻgʻli esa JKning 244¹, 244², 155², 155³-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun, unga nisbatan qidiruv eʼlon qilindi.
Terror taʼsirida parokanda boʻlgan oila
Administrator4 марта 2026 г. в 02:5914 просмотров
Поделиться:
Похожие новости

Узбекистан
Группе, систематически насиловавшей 14-летнюю девочку, вынесен приговор
16 ч назад0

Узбекистан
Совет фермеров подал иск в суд о взыскании средств в пользу фермера
13 марта 2026 г. в 22:170

Узбекистан
Korrupsiyaga stop: Vazirlik xodimi, sudya va bozor rahbarlari ushlandi...
6 марта 2026 г. в 21:360

Узбекистан
Yoʻqolgan 535 ming dollar va sotilgan yer: Toshkent tumanida “qurish mumkin emas” degan yerda koʻp qavatli uy qanday paydo boʻldi?
5 марта 2026 г. в 22:490