Qorong‘i rejim
Özbekiston

Ilmiy darajali xodimlarga qöşimça haq tölaş tartibi özgardi

Akmal Eshonxonov132 ko'rishlar
Ilmiy darajali xodimlarga qöşimça haq tölaş tartibi özgardi

Ilmiy darajali xodimlarga qöşimça haq belgilaşda elektron bazada tasdiqlangan maʼlumotlar asosiy mezon böladi. Yuqori ilmiy faollik körsatgan mualliflarga esa lavozim maoşining 10 foizigaça qöşimça haq tölaş nazarda tutilmoqda.

Hukumatning 2026-yil 31-oktyabrdagi 604-son qarori bilan ilmiy darajali xodimlarga qöşimça haq belgilaş tartibiga özgartirişlar kiritildi.

Yangi tartibga köra, xodimlarning ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyatiga oid maʼlumotlari yagona elektron bazaga kiritiladi, tekşiriladi va tasdiqlanadi.

Qöşimça haq belgilaşda aynan elektron bazadagi tasdiqlangan maʼlumotlar asosiy manba hisoblanadi. Bazaga kiritilgan, ammo tasdiqlanmagan ilmiy natijalar qöşimça haq hisoblaşda inobatga olinmaydi.

Şuningdek, Science ID orqali yuqori ilmiy faollik körsatgan har bir muallifga lavozim maoşining 10 foizigaça miqdorda qöşimça haq belgilaş közda tutilgan.

Qayd etiş joizki, bu barça ilmiy darajali xodimlarga avtomatik ravişda 10 foiz qöşimça haq tölanadi, degani emas. Rağbatlantiriş tegişli mezonlar asosida belgilanadi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Ilmiy darajali xodimlarga qöşimça haq tölaş tartibi özgardi | Effect.uz