Özbekiston va Qozoğiston davlat çegarasida joylaşgan «Ğiştköprik» va «Jibek yöli» çegara bojxona postlarining oçiliş marosimi boşlandi. Tadbirda ikki davlat rasmiylari iştirok etmoqda.
Marosimda Özbekiston Boş vaziri örinbosari Jamşid Qöçqorov, Qozoğiston moliya vaziri Madi Takiyev, ikki mamlakat bojxona organlari rahbarlari va boşqa rasmiylar qatnaşmoqda.
Toşkent viloyatidagi «Ğiştköprik» çegara bojxona posti qayta qurilib, zamonaviy infratuzilma bilan jihozlangan. Yangilangan postda çegaradan ötuvçi fuqarolar uçun keng va qulay kutiş zali taşkil etilgan. Şuningdek, bojxona nazoratini tezkor va tartibli amalga oşiriş uçun şaroitlar yaratilgan.
Loyihalar çegaradan ötuvçi fuqarolar va transport vositalari uçun qulaylik yaratiş, şuningdek, Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi savdo-iqtisodiy, turistik hamda madaniy aloqalarni rivojlantirişga qaratilgan.




