Qorong‘i rejim
Jamiyat

Toşkent va Toşkent viloyati örtasida yangi avtobus yönalişi oçildi

Akmal Eshonxonov41 ko'rishlar
Toşkent va Toşkent viloyati örtasida yangi avtobus yönalişi oçildi

Toşkent viloyatining Kensoy qörğonidan poytaxtdagi «Yunusobod Universam» bekatigaça 158-sonli yangi avtobus yönalişi işga tuşirildi. Avtobuslar 23-noyabrdan yölovçilarga xizmat körsatişni boşlagan. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, yangi yönalişda «ZiyoTrans» MÇJga tegişli 10 ta örta siğimli zamonaviy avtobus harakatlanadi.

Avtobuslar Kensoy qörğonidan yölga çiqib, Abu Rayhon Beruniy universiteti, Rahbar ota masjidi, 23-sonli oilaviy poliklinika, Uç Qahramon hamda 271-sonli maktab hududlari orqali «Yunusobod Universam» bekatigaça qatnaydi.

Yangi yönaliş Toşkent şahri va unga tutaş hududlar örtasidagi transport aloqalarini yaxşilaş, jamoat transporti qamrovini kengaytiriş hamda aholi uçun qatnov qulayligini oşiriş maqsadida taşkil etilgan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Toşkent va Toşkent viloyati örtasida yangi avtobus yönalişi oçildi | Effect.uz