Qorong‘i rejim
Jamiyat

Yoş ekofaollar Senat Raisi bilan oçiq muloqot ötkazdi

Akmal Eshonxonov24 ko'rishlar
Yoş ekofaollar Senat Raisi bilan oçiq muloqot ötkazdi

Oliy Majlis Senati Raisi tomonidan yoş ekofaollar bilan ötkazilgan oçiq muloqotda Respublika Yoş ekologlar harakati aʼzolari qatorida EFFECT.UZ axborot agentligi muxbiri Diyorbek Bazarbayev ham iştirok etdi.

Tadbir davomida yoşlar bilan oçiq va samimiy muloqot taşkil etilib, ekologik vaziyatni yaxşilaş, atrof-muhitni muhofaza qiliş hamda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirişga qaratilgan taklif va taşabbuslar tinglandi.

Muloqotda yoşlarning ekologik muammolarni hal etişdagi iştiroki, ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va bu boradagi faolligini oşiriş masalalariga eʼtibor qaratildi.

Taʼkidlaş joizki, ekologik muammolarni bartaraf etiş va mamlakatda soğlom atrof-muhitni şakllantiriş faqat mutasaddi taşkilotlarning emas, balki jamiyatning barça qatlamlari, xususan, yoşlarning ham faol iştirokini talab qiladi. Şu maʼnoda, yoş ekofaollarning taklif va taşabbuslari ekologik vaziyatni yaxşilaşga qaratilgan saʼy-harakatlarning muhim qismi hisoblanadi.

Uşbu masalalarning Senat Raisi iştirokida muhokama qilinişi esa yoşlarning ekologiya sohasidagi taşabbuslarini tinglaş, ularni qöllab-quvvatlaş va mavjud muammolarga yeçim izlaş uçun oçiq muloqot maydoni yaratilganini körsatadi.

Yaşil kelajakni barpo etişda yoşlar nafaqat ekologik jarayonlarning kuzatuvçisi, balki özgarişlarning faol iştirokçisi va taşabbuskori sifatida ham muhim örin tutadi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Yoş ekofaollar Senat Raisi bilan oçiq muloqot ötkazdi | Effect.uz