Qorong‘i rejim
Jamiyat

Toşkentda yöl haqini tölamagan yölovçilardan 3,66 mlrd söm jarima undirildi

Akmal Eshonxonov23 ko'rishlar
Toşkentda yöl haqini tölamagan yölovçilardan 3,66 mlrd söm jarima undirildi

Toşkent jamoat transportida yöl haqini tölamasdan harakatlangan yölovçilarga nisbatan nazorat kuçaytirilmoqda. Noyabr oyining dastlabki 22 kunida 19 ming 457 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.

1–22-noyabr kunlari poytaxtda çiptasiz yuriş holatlarining oldini oliş va tölov intizomini mustahkamlaşga qaratilgan nazorat tadbirlari davomida kuniga örtaça 884 ta qoidabuzarlik aniqlangan. Yil boşidan buyon rasmiylaştirilgan maʼmuriy bayonnomalar soni esa 158 ming 237 taga yetgan.

Transport vazirligi maʼlumotiga köra, 22-noyabr holatiga kunlik hisobot böyiça undirilgan jarimalar miqdori 3,66 mlrd sömdan oşgan. Şundan 449,9 mln sömi noyabr oyining dastlabki 22 kuniga töğri keladi.

Şuningdek, nazorat tadbirlari qamrab olgan avtobus yönalişlarida yölovçilar oqimi ham tahlil qilinmoqda. Jumladan, 18–21-noyabr kunlari 8, 11, 14, 28, 93, 116 va 131-sonli yönalişlarda jami 449 ming 802 nafar yölovçi taşilgan. Bu ötgan haftaning mos davriga nisbatan 5 ming 792 nafarga yoki 1,3 foizga köp.

Uşbu tört kun davomida mazkur yönalişlarda 1 ming 228 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.

Yölovçilar oqimining eng yuqori ösişi 11-sonli yönalişda qayd etilgan — 11,2 foiz. 28-sonli yönalişda bu körsatkiç 5,4 foiz, 8-sonli yönalişda 3,5 foiz va 14-sonli yönalişda 1,7 foizni taşkil etgan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Toşkentda yöl haqini tölamagan yölovçilardan 3,66 mlrd söm jarima undirildi | Effect.uz