Özbekistonda avtomobillarga gaz quyiş şoxobçalari hududida maişiy gaz ballonlarini töldiriş uçun alohida jihozlangan postlar taşkil etilişi mumkin. Bu haqda «Hududgaztaʼminot» matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, aholiga maişiy gaz ballonlarini töldiriş böyiça qöşimça imkoniyat yaratiş maqsadida tegişli taşkilotlarga takliflar kiritilgan.
Kompaniya maʼlumotiga köra, amalda maişiy gaz ballonlarini töldiriş xizmati belgilangan talablarga javob beradigan va ruxsatga ega maxsus gaz töldiriş stansiyalari hamda şoxobçalari orqali amalga oşiriladi. Respublikada LPG-Trade MÇJ tasarrufida bölmagan 360 dan ortiq bunday stansiya va şoxobça mavjud bölib, ular mustaqil yuridik şaxslar tomonidan boşqariladi. Uşbu obyektlar aholi maişiy gaz ballonlarini töldiriş huquqiga ega.
Amaldagi talablarga muvofiq, avtomobillarga gaz quyiş şoxobçalarida maişiy gaz ballonlarini töldiriş xavfsizlik nuqtai nazaridan taqiqlangan. Bu talabni buzganlik uçun maʼmuriy javobgarlik 2027-yil 5-fevraldan kuçga kiradi.
Şu bilan birga, «Hududgaztaʼminot» respublikadagi 360 dan ortiq gaz töldiriş stansiyasi va şoxobçasining hududlar kesimidagi manzillari hamda ulardagi narxlar haqida maʼlumot bermagan.




