Qorong‘i rejim
Özbekiston

Maktabga bir yillik majburiy tayyorlov umumiy örta taʼlimning dastlabki bosqiçi etib belgilanişi mumkin

Akmal Eshonxonov17 ko'rishlar
Maktabga bir yillik majburiy tayyorlov umumiy örta taʼlimning dastlabki bosqiçi etib belgilanişi mumkin

Özbekistonda bolalarni maktabga bir yillik majburiy tayyorlaşni umumiy örta taʼlim tizimiga kiritiş nazarda tutilmoqda. Bu böyiça qonun loyihasi Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida uçinçi öqişda qabul qilinib, Senatga yuborildi.

Quyi palata matbuot xizmati maʼlum qilişiça, hujjat bilan «Maktabgaça taʼlim va tarbiya töğrisida»gi hamda «Taʼlim töğrisida»gi qonunlarga özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.

Loyihaga muvofiq, maktabga bir yillik majburiy tayyorlov umumiy örta taʼlimning dastlabki bosqiçi sifatida belgilanadi. Uşbu tayyorlov maktabgaça taʼlim taşkilotlari va umumiy örta taʼlim muassasalarida taşkil etilişi mumkin.

Şuningdek, bolalarning bir yillik majburiy tayyorlovdan ötiş huquqini kafolatlaş ham nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi qabul qilinişi maktabgaça va maktab taʼlimi örtasidagi uzviylikni taʼminlaş, bolalarni maktabga tayyorlaş sifatini oşiriş hamda ularning taʼlim oliş huquqlarini kafolatlaşga qaratilgan.

Hujjatda, şuningdek, taʼlim tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlaştiriş, Özbekiston taʼlim tizimining xalqaro miqyosdagi mavqeini oşiriş va fuqarolarning xorijiy davlatlarda taʼlim olişi uçun qulay şaroit yaratiş maqsadlari ham belgilangan.

Qonun loyihasi hali yakuniy kuçga kirmagan. U Senatda körib çiqilişi kerak.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Maktabga bir yillik majburiy tayyorlov umumiy örta taʼlimning dastlabki bosqiçi etib belgilanişi mumkin | Effect.uz