Jamiyat

Farğonada keytering: Antikor boğçalardagi ovqatlanişda davlat xaridlari buzilganini aniqlagan edi, viloyatda hokim va prokuror qayerga qaragan?

Akmal Eshonxonov44 ko'rishlar
Farğonada keytering: Antikor boğçalardagi ovqatlanişda davlat xaridlari buzilganini aniqlagan edi, viloyatda hokim va prokuror qayerga qaragan?

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan 2024-yil iyul oyida Farğona viloyatidagi maktabgaça taʼlim taşkilotlarida ovqatlanişni taşkil etiş jarayonida qator qonunbuzilişi holatlari aniqlangan edi.

Xususan, oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beruvçini tanlaşda davlat xaridlari töğrisidagi qonunçilik talablari buzilgani maʼlum qilingan.

Lekin bu borada na viloyat hokimi na viloyat prokurori tegişli tartibda masalani nazoratga olmagan. Çunki, şundan keyin ham «Garden Catering Trade» MÇJ faoliyatini davom ettiravergan.

Şundan söng, mazkur holatlar bilan boğliq 100 nafardan ortiq bolaning ommaviy zaharlanişi sodir bölgan. Keyinçalik esa qözğatilgan jinoyat işida sud hukmi çiqdi.

Kassatsiya instansiyasi hukmi bilan Furqat tuman sudining 2026-yil 21-sentyabrdagi hukmining «Garden Catering Trade» MÇJ rahbari Şavkat Turdialiyev va jamiyat texnologi Rasuljon Alimovga oid qismi bekor qilinib, ularga nisbatan yangi ayblov çiqarildi.

Unga köra, MÇJ rahbariga 4 yil, jamiyat texnologiga esa 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Farğonada keytering: Antikor boğçalardagi ovqatlanişda davlat xaridlari buzilganini aniqlagan edi, viloyatda hokim va prokuror qayerga qaragan? | Effect.uz