Jamiyat

Mudofaa vazirligiga murojaat: fuqaro nomidan «şikoyatim yöq» degan dalolatnoma tuzilganini iddao qilmoqda

Akmal Eshonxonov1 ko'rishlar
Mudofaa vazirligiga murojaat: fuqaro nomidan «şikoyatim yöq» degan dalolatnoma tuzilganini iddao qilmoqda

Effect.uz tahririyatiga Mudofaa vazirligi tizimidagi 99818-harbiy qism harbiy xizmatçilarining harakatlari va fuqaro murojaati yuzasidan rasmiylaştirilgan dalolatnoma böyiça eʼtiroz kelib tuşdi.

Murojaat muallifining bildirişiça, u 2026-yil 28-sentyabr kuni 99818-harbiy qism harbiy xizmatçilari tomonidan öziga nisbatan amalga oşirilgan, deb hisoblayotgan noqonuniy tintuv va boşqa xatti-harakatlar yuzasidan Prezident Administratsiyasi hamda Mudofaa vazirligiga murojaat.gov.uz va pm.gov.uz platformalari orqali şikoyat qilgan.

Fuqaroning aytişiça, 2026-yil 21-oktyabr kuni Mudofaa vazirligidan murojaat.gov.uz saytiga joylaştirilgan A-68-sonli javob xati va unga ilova qilingan dalolatnoma kelib tuşgan. Hujjatda podpolkovnik T. Sadikov murojaat muallifi bilan telefon orqali suhbat ötkazgani, unga vaziyat yuzasidan tuşuntiriş bergani, fuqaro esa bu tuşuntirişlardan qoniqqanini va şikoyati yöqligini bildirgani qayd etilgan.

Biroq murojaat muallifi dalolatnomadagi maʼlumotlarni rad etmoqda. Uning taʼkidlaşiça, haqiqatan ham telefon orqali qönğiroq bölgan, ammo suhbatda murojaat mazmuni muhokama qilinmagan. Fuqaroning sözlariga köra, undan faqat javob xatini yuboriş uçun yaşaş manzili söralgan.

Murojaatçi öşa telefon suhbatining audioyozuvi özida mavjudligini bildirib, dalolatnomada qayd etilgan maʼlumotlar haqiqatga mos kelmasligini iddao qilmoqda.

U Mudofaa vazirligi va Navoiy viloyati Harbiy prokuraturasidan dalolatnomadagi maʼlumotlarning haqqoniyligini tekşiriş, telefon suhbati audioyozuvini örganiş, podpolkovnik T. Sadikovning harakatlariga huquqiy baho beriş hamda 99818-harbiy qism harbiy xizmatçilarining dastlabki murojaatda körsatilgan xatti-harakatlarini qaytadan, çuqur tekşirişni söramoqda.

Murojaat muallifi, şuningdek, fuqaro bildirmagan fikrlarni uning nomidan rasmiy hujjatga kiritiş va keyinçalik «şikoyati yöq» deb hisobot beriş holatiga eʼtiroz bildirib, buni adolat va qonuniylik tamoyillariga zid deb baholagan.

Effect.uz tahririyati Mudofaa vazirligi hamda Harbiy prokuratura masʼullaridan mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat kutadi. Material murojaat muallifi taqdim etgan maʼlumotlar asosida tayyorlandi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Mudofaa vazirligiga murojaat: fuqaro nomidan «şikoyatim yöq» degan dalolatnoma tuzilganini iddao qilmoqda | Effect.uz