Jamiyat

Asakada aliment tölamagan 14 nafar ota 15 sutkaga qamaldi

Akmal Eshonxonov24 ko'rishlar
Asakada aliment tölamagan 14 nafar ota 15 sutkaga qamaldi

Joriy yilning 29-oktyabr kuni Majburiy ijro byurosining Asaka tuman bölimi binosida aliment tölaşdan böyin tovlagan şaxslarning javobgarlik masalasi sayyor sudda körib çiqildi.

Maʼlum qilinişiça, Majburiy ijro byurosi Asaka tuman bölimi iş yurituvida aliment undiruvi bilan boğliq 4,9 mingta ijro hujjati mavjud. Joriy yilning ötgan davrida olib borilgan ijro harakatlari natijasida 34 milliard sömdan ziyod aliment mablağlari undirilib, undiruvçilarga topşirilgan.

Şuningdek, yil boşidan buyon farzandlarining moddiy taʼminotidan böyin tovlab kelgan 118 nafar qarzdor maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.

Sayyor sud jarayonida aliment tölovlariga beparvo munosabatda bölgan 30 nafar otaning işi jinoyat işlari böyiça Asaka tuman sudi tomonidan körib çiqildi.

Sud qaroriga köra, farzandlarining moddiy taʼminotidan boş tortib kelgan 14 nafar qarzdorga 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi. Yana bir nafar qarzdorga jarima belgilandi.

Ikki nafar qarzdor aliment qarzini töliq tölagani sababli sud zalida javobgarlikdan ozod etildi. Qolgan yetti nafar qarzdorga aliment qarzlarini tölaş uçun muddat berildi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Asakada aliment tölamagan 14 nafar ota 15 sutkaga qamaldi | Effect.uz