Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi ekopolitsiyasi tomonidan ötkazilgan örganiş işlari davomidan Bekobod şahridagi "M.K." korxonasi havoni ifloslantirib kelgani aniqlandi va 1 milliard 630 million sömdan ortiq jarimaga tortildi.
Örganiş işlarida korxonaning ikki bölinmasida atmosferaga çiqarilayotgan çiqindilar belgilangan meʼyordan ortiqligi aniqlandi. Elektrda pölat eritiş bölinmasida noorganik çang meʼyordan 2,4 baravar, oltingugurt dioksidi 1 533 baravar, uglerod dioksidi esa 20 baravar çiqarilayotgani laboratoriya tahlillari bilan tasdiqlangan.
Şu bilan birga, çang-gaz tozalaş uskunalarining samarali işlamayotgani, natijada ifloslantiruvçi moddalarning bir qismi töğridan töğri atmosferaga çiqib ketayotgani aniqlangan. Ferroqotişmalar işlab çiqariş bölinmasida esa noorganik çang miqdori belgilangan meʼyordan 24,9 baravar, azot dioksidi 2,12 baravar, uglerod oksidi esa 23,3 baravarga köp deb topilgan.
Korxonaga atrof-muhitni ifloslantirganlik uçun qonunçilik talablari asosida qöşimça hisob-kitob qilinib, 1 milliard 630 million 419 söm kompensatsiya tölovi belgilangan.
Şuningdek, korxonaga çang-gaz tozalaş uskunalari filtrlarini töliq almaştiriş, ularning samaradorligini kamida 95 foizga yetkaziş, laboratoriya nazoratini kuçaytiriş hamda asosiy ifloslantiruvçi manbalarga avtomatik monitoring stansiyalarini örnatiş kabi majburiyatlar yuklatilgan.




