Bugun, 7-noyabr kuni keçki soatlarda Toşkent şahrida PM zarraçalari miqdori ortib, havo sifati «nosoğlom» darajagaça yomonlaşişi mumkin. Bu haqda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, 7-noyabr ertalab Xalqaro AQI indeksi böyiça havo sifati «örtaça» darajagaça yaxşilangan. Biroq keçki soatlarda kuçsiz şamol va noqulay meteorologik şaroit tufayli PM zarraçalari konsentratsiyasi ortişi kutilmoqda.
Prognozga köra, 8-noyabr kuni havo sifati asosan «örtaça» va «sezgir guruhlar uçun nosoğlom» darajada böladi. 9-noyabr ertalab esa «örtaça» daraja kuzatilişi mumkin.
Milliy indeks böyiça uşbu davrda havo sifati asosan «sariq», qisqa muddatlarda esa «zarğaldoq» darajada bölişi ehtimol qilinmoqda. Kunduzgi soatlarda havo haroratining kötarilişi va vertikal havo almaşinuvining özgarişi hisobiga havo sifati yaxşilanişi kutilmoqda.
Qömita maʼlumotiga köra, havo sifatini yaxşilaşga qaratilgan reyd tadbirlari 24/7 rejimda davom ettirilmoqda. Navbatdagi reydlar davomida Toşkent viloyati va poytaxtda jami 95 ta obyekt faoliyati örganilgan.
Qayd etilişiça, 6-noyabr kuni Toşkentda havo sifati «yaşil» darajaga çiqqan. Umuman, oktyabr oyida havo sifati ötgan yilning mos davriga nisbatan yaxşilangan.




